2000-yil 20-dekabrda BMT Bosh Assambleyasi 22-may – Biologik xilma-xillik toʻgʻrisidagi konvensiya qabul qilingan kunni Xalqaro biologik xilma-xillik kuni deb eʼlon qildi.
Biologik xilma-xillik sayyoradagi hayot shakllarining xilma-xilligini tavsiflaydi va tirik organizmlar, o'simliklar hamda hayvonlarning ko'p sonli turlarini, shuningdek, ular tegishli bo'lgan ekologik tizimlarni ifodalaydi.
2023-yil 22-may kunining mavzusi – “Kelishuvdan harakatga: bioxilma-xillikni tiklash”. Ta’kidlash joizki, 2022-yil dekabr oyida imzolangan Kunming-Monreal Global Biologik xilma-xillik dasturi 2050-yilgacha tabiatni asrash va xatarlarni bartaraf etish bo‘yicha maqsadlar, aniq harakatlarni belgilab beradi.
- Qo'shildi: 22.05.2023
- Ko'rishlar: 479
- Chop etish