Yangi O‘zbekiston mo‘jizasi

– Bugun biz yana bir marta Yangi O‘zbekiston mo‘jizasiga guvoh bo‘lib turibmiz. «Mo‘jiza» istilohini bejiz ishlatmadim. Negaki...

Men bundan uch yil avval ham bu joyga kelganman. O‘sha vaqtda «Sangardak» sihatgohi uchun shu maskanda joy tanlanib, o‘rni tekislanayotgan ekan. Qisqa vaqt ichida mana shunday haybatli inshootning paydo bo‘lishi mo‘jiza emasmi?

Dunyoda juda ko‘p sharsharalar bor. Ulardan eng mashhuri Niagara hisoblanadi. Men u yerga borganman va Niagara bilan Sangardakni solishtirib ko‘rganman. Va amin bo‘lganmanki, Sangardakka o‘xshashi dunyoda yo‘q. Misol uchun, Niagara 27 metr balandlikdan, Sangardak esa 150 metr balandlikdan oqib tushar ekan. To‘g‘ri, Niagara Sangardakka qaraganda sal kengroq bo‘lishi mumkin, lekin Sangardak tog‘dagi buloqlardan hosil bo‘lgan ko‘ldan tushadigan sharsharaligi bilan alohida ajralib turadi. Bu ham mo‘jiza emasmi?

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi qisqa muddatda bu go‘zal maskanda  mana shunday zamonaviy sihatgoh qurib, foydalanishga topshirayotganini esa har qancha e’tirof etsak, arziydi.

Bu koshona nafaqat Surxondaryo ahli, balki butun mamlakatimiz aholisiga munosib sovg‘a bo‘ldi, desam, mubolag‘a bo‘lmaydi. Buning uchun ushbu loyiha tashabbuskori muhtaram Prezidentimizga qancha tasanno aytsak, shuncha oz.

 

Akmal SAIDOV,

Oliy Majlis Qonunchilik

palatasi spikerining

birinchi o‘rinbosari,

Inson huquqlari

bo‘yicha Milliy markaz

direktori, akademik

Powered by GSpeech