O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning joriy yil 6 iyulda Shusha shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkilotining sammitidagi nutqida belgilangan vazifalarni, shuningdek 2024 yil yanvar oyida tashkil etilgan “Ozarbayjonda O‘zbekiston fani va madaniyati kunlari”ni doirasidagi kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markaz va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Davlat va huquq instituti hamkorlikda Ozarbayjon Respublikasiga amaliy tashrif o‘tkazilmoqda.
Ayni vaqtda, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Davlat va huquq instituti direktori M.T. Turg‘unov Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining direktorining birinchi o‘rinbosari M.A. Tillabayev O‘zbekistonning Ozarbayjon Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ashrafxanov Bahrom Bohodirovich bilan uchrashuv tashkil etildi.
Tashrif doirasida yana Ozarbayjondagi Huquq va inson huquqlari instituti, Ozarbayjon Respublikasi Inson huquqlari bo‘yicha vakil (Ombudsman) bilan qator uchrashuvlar va davra suhbatlari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Davlat va huquq instituti va Ozarbayjondagi Huquq va inson huquqlari instituti o‘rtasida o‘zaro memorandum imzolanishi kutilmoqda.
- Qo'shildi: 02.08.2024
- Ko'rishlar: 1160
- Chop etish