Akmal Saidov mas’ul muharrirligidagi yangi kitob Parlament kutubxonasiga taqdim etildi

Akmal Saidov mas’ul muharrirligidagi yangi kitob Parlament kutubxonasiga taqdim etildi

Yaqinda Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) Davlat rahbarlari kengashining 22-sammiti munosabati bilan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan nashr etilgan «Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Konstitutsiyalari» kitobi endilikda Parlament kutubxonasidan joy oldi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi kutubxonasining ma’muriyati xabar berdi.

Ma’lumot uchun: «Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Konstitutsiyalari» kitobi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, akademik Akmal Saidov mas’ul muharrirligida ingliz va rus tillarida tayyorlangan. Unda ShHTga a’zo davlatlar – O‘zbekiston Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Hindiston va Pokiston Konstitutsiyalari jamlangan bo‘lib, bu kabi to‘plam ShHT mintaqasida ilk bor chop etildi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Powered by GSpeech