Rossiya-Ukraina
Ichki bozor masalalari bo‘yicha yevrokomissar Terri Bretonning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi yaqinlashib kelayotgan qishda ukrainalik qochoqlar masalasida jiddiy muammo bilan yuzma-yuz keladi.
Ukrainaliklarning asosiy yo‘li YeI mamlakatlari bo‘lib qoladi. Shu munosabat bilan yevrokomissar mazkur ziddiyatda Kiyevni qo‘llab-quvvatlash zarurligini aytdi. Bu haqda YeI rasmiy sayti xabar berdi.
Qish og‘ir kelishi va qochoqlar ko‘payishi haqidagi taxminni Polsha Prezidenti ma’muriyatining xalqaro masalalar bo‘yicha mas’ul vakili Yakub Kumox “RMF” radiosiga bergan intervyusida ta’kidladi.
Chegara qo‘shinlari ma’lumotga ko‘ra, fevral oyidan beri 7,85 million ukrainalik Polshaga kirib kelgan. Ularning, taxminan, olti millioni mamlakatdan chiqib ketgan. Hozir ushbu mamlakatda 1,3-1,5 million atrofida Ukraina fuqarosi yashamoqda.
“Rzeczpospolita” gazetasi xabar berishicha, Polsha prokuraturasi Ukraina tomonining respublika sharqiga tushgan raketa mojarosi bo‘yicha tergovda qatnashishiga rozilik bermaydi.
“Polshalik siyosatchilar o‘zlarini “g‘alati” tutmoqda. Tergov harakatida amerikalik mutaxassislar ishtirok etishyapti, Ukraina tomoniga kelsak, huquqiy yordam zarurati tug‘ilgandagina murojaat etamiz, deyishdi”, deb yozdi nashr.
AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Ukrainaga shu kungacha 20 milliard dollarlik yordam qilinganini aytdi. Vazirlik rasmiy saytida aytilishicha, “Kiyevni qancha lozim bo‘lsa, shuncha qo‘llashda davom etamiz”, dedi Ostin.
“Kiyev Vashingtondan harbiy yordam davom etishini istasa, Moskva bilan tinchlik muzokarasi o‘tkazishi kerak, dedi AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq tahlilchisi Fred Fleyts “Newsmax” telekanaliga.
“Vashington Ukraina bilan doimiy ziddiyatga aralashib qolishini istamayman”, dedi u.
MAGATE Bosh direktori Rafael Grossi bayonot berishicha, Rossiya rahbariyati Zaporoje AESda sodir bo‘layotgan barcha voqeadan xabardor.
“Bizning missiya AESdagi vazifani bajarish borasida, ayrim kamchiliklarni hisobga olmaganda, barcha imkoniyatni yaratib berdi”, deb yozdi xalqaro atom agentligi sayti.
“Ukraina harbiylari tomonidan Zaporoje AES o‘qqa tutilishi Rossiyani xavotirga solmasligi mumkin emas, MAGATEni esa o‘ta tashishga solishi kerak”, dedi Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Shuningdek, Peskov, MAGATE va dunyoning barcha davlatlarini Ukraina AESni o‘qqa tutishini to‘xtatishi uchun Kiyevga ta’sir o‘tkazishga chaqirdi.
Abror XON, O‘zA
- Qo'shildi: 22.11.2022
- Ko'rishlar: 2201
- Chop etish