Индивидуал хабарномалар

Ўзбекистон Республикасининг янги таҳридаги Конституциясига мувофиқ, ҳар ким Ўзбекистон Республикасининг қонунчилигига ва халқаро шартномаларига мувофиқ, агар давлатнинг ҳуқуқий ҳимояга доир барча ички воситаларидан фойдаланиб бўлинган бўлса, инсоннинг ҳуқуқ ва эркинликларини ҳимоя қилувчи халқаро органларга мурожаат этиш ҳуқуқига эга. Инсон ҳуқуқларини ҳимоя қилиш соҳасида Ўзбекистон инсон ҳуқуқ ва эркинликларини ҳимоя қилишга қаратилган 80 дан ортиқ халқаро шартномаларни ратификaция қилган.

Ўзбекистон Фуқаролик ва сиёсий ҳуқуқлар тўғрисидаги халқаро пактнинг биринчи ва Факултатив протоколни ратификaция қилиши муносабати билан БМТнинг Инсон ҳуқуқлари қўмитасининг Пактда мустаҳкамланган қоидаларининг эҳтимолий бузилишлари юзасидан индивидуал шикоятларни кўриб чиқиш ваколатини тан олди.

Ушбу протоколга мувофиқ, фуқаролар тегишли шартноманинг иштирокчиси бўлган ва қўмитанинг индивидуал шикоятларни кўриб чиқиш ваколатини тан олган иштирокчи-давлатга нисбатан унинг тегишли шартномада назарда тутилган ҳуқуқлари бузилганлиги тўғрисида шикоят билан мурожаат қилишлари мумкин.

Хабар ёки петиция деб аталадиган мурожаат Қўмитага белгиланган шаклда, ёзма равишда, тушунарли тарзда, босма ва имзоланган шаклда топширилиши керак.

Мурожаатда мурожаатчи асосий маълумотларни - исм-шарифи, фуқаролиги, туғилган санаси, почта ва электрон почта манзиллари – шунингдек, мурожаат қайси давлатга қарши юборилаётган бўлса, ўша иштирокчи-давлатни аниқ кўрсатиши керак.

Манзил ёки бошқа алоқа маълумотларидаги ҳар қандай кейинги ўзгаришлар имкон қадар тезроқ хабардор қилиниши керак. Бундан ташқари, мурожаатга асосланган барча фактларни хронологик тартибда кўрсатиш муҳим ҳисобланади. Фактларни баён қилиш имкон қадар тўлиқ бўлиши ва барча тегишли маълумотларни ўз ичига олиши керак. Шунингдек, у мурожаат қилинган иштирокчи-давлатда мавжуд бўлган ҳимоя воситаларини тугатиш бўйича аллақачон кўрилган қадамларини, яъни, иштирокчи давлатнинг миллий судлари ва органлари томонидан кўрилган чоралар батафсил баён қилиши керак.

Қўмиталарнинг қарорлари тегишли шартномаларнинг нуфузли талқинини ташкил этади. Улар тегишли иштирокчи-давлатга тавсияларни ўз ичига олади, лекин ушбу тавсиялар иштирокчи-давлатлар учун қонуний кучга эга эмас. Агар қўмита шартнома бузилганлиги ҳақида хулоса чиқарса, давлатдан 180 кун ичида тавсияларни бажариш бўйича кўрган чоралари ҳақида маълумот тақдим этиши сўралади.

Шундан келиб чиққан ҳолда, Ўзбекистон фуқаролари Фуқаролик ва сиёсий ҳуқуқлар тўғрисидаги халқаро пактда кафолатланган ҳуқуқлари бузилган деб ҳисоблаган ҳолларда БМТ Инсон ҳуқуқлари қўмитасига индивидуал шикоятлар билан мурожаат қилишлари мумкин.

Бироқ, шикоят қўмита томонидан кўриб чиқишга қабул қилиниши учун у Факултатив протоколларда белгиланган муайян талабларга жавоб бериши керак. Хусусан, барча мавжуд ички ҳимоя воситалари тугатилиши ва шикоят охирги ички қарор қабул қилингандан кейин оқилона вақт ичида берилиши керак.

Ўзбекистон Республикаси фуқаролари томонидан БМТнинг Инсон ҳуқуқлари бўйича қўмитасига юборилган индвидуал мурожаатлар билан қуйидаги ҳавола орқали танишиш мумкин: https://juris.ohchr.org/SearchResult

 

 

 

 

BMTning inson huquqlari boʼyicha ustav organlari va shartnomaviy qoʼmitalarining qarorlari

REESTRI

 

Qaror raqami

Muallif

Taxmin qilingan jabrlanuvchi

Qabul qilingan sana

Muhim masalalar

Paktning moddalari

1.        

CCPR/C/120/D/2430/2014

Xidirnazar Аllaqulov

muallif

19.07.2017 yil

Odil sudlov huquqi va sudlar oldida tenglik; samarali himoya vositalaridan foydalanish huquqi; soʼz erkinligi; shaxsiy daxlsizlik huquqi; kamsitmaslik huquqi.

2; 3; 7; 14; 17; 19; 26

2.        

CCPR/C/119/D/2555/2015

Sirojiddin Аllaberdiev

(vakili advokat Muxtorjon Maxkamov)

muallif

21.03.2017 yil

Qiynoqlarga berilmaslik huquqi; erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi; oʼz mudofaasini tayyorlash uchun etarli vaqt va imkoniyatlarga ega boʼlish huquqi; sudlovni ortiqcha kechiktirmasdan koʼrish huquqi; guvohlarni chaqirish va soʼroq qilish huquqi; oʼziga qarshi guvohlik berishga majburlanmaslik huquqi.

7; 9 (1); 14 (3) b), c), e), g)

3.        

CCPR/C/118/D/2317/2013

Kayum Ortikov (vakili Mutabar Tadjibaeva)

muallif

26.10.2016 yil

Qiynoqlar; qiynoqlar - tezkor va xolis tergov; oʼzboshimchalik bilan hibsga olish - qamoqqa olish, samarali himoya vositalari, adolatli sudlov; adolatli sud - huquqiy yordam; adolatli sud muhokamasi - ishni ayblanuvchi ishtirokida koʼrish huquqi.

2, 7; 9, 10, 14

4.        

CCPR/C/118/D/2106/2011

Valentina Kashtanova va Gulnara Slukina

V.S. (oʼgʼli) va

V.L. (jiyani)

28.10.2016 yil

Qiynoqlar; shafqatsiz muomala; adolatli sud; voyaga etmaganlarni himoya qilish choralari

7, 10, 14, 24

5.        

CCPR/C/116/D/2044/2011

А.Grigoryan va T.Vodolazova

mualliflar

11.03.2016 yil

Noqonuniy va oʼzboshimchalik bilan hibsga olish; sud nazorati huquqi.

2 (3); 7; 9 (1), (3), (4); 14 (1); 19 (1), (2)

6.        

CCPR/C/114/D/2234/2013

М.Т.

muallif

23.07.2015 yil

Qiynoqlar, oʼzboshimchalik bilan hibsga olish, shafqatsiz munosabatda boʼlish, adolatli sudlov, shaxsiy hayotga oʼzboshimchalik bilan aralashish, soʼz, uyushma va yigʼilish erkinligi, kamsitish, samarali himoya vositalari

2 (3) alohida, shuningdek, 7; 9 (1), (2), (4); 10 (1), (2) a), 14 (1), (3) b), e) moddalar bilan birgalikda koʼrib chiqilganda

8.        

CCPR/C/102/D/1478/2006

Nikolay Kungurov

(vakili advokat Morris Lipson)

muallif

20.07.2011 yil

Fikr erkinligi huquqi; uyushmalar erkinligi huquqi; ruxsat etilgan cheklovlar.

2; 19; 22

9.        

CCPR/C/96/D/1378/2005

Mansur Kasimov

Yuldash Kasimov (aka/uka)

30.07.2009 yil

Oʼz xohishiga koʼra advokat tomonidan vakillik qilish huquqi; adolatsiz suddan keyin chiqarilgan oʼlim hukmi.

6 (1), (4), (6); 7; 9 (1)-(4); 10; 14 (1)-(4); 16

10.    

CCPR/C/104/D/1914,

1915&1916/2009

Saida Musaeva

Erkin Musaev

(oʼgʼli)

21.03.2012 yil

Oʼzboshimchalik bilan hibsga olish va qamoqqa olish; sudyaga zudlik bilan keltirilish huquqi; oʼz mudofaasini tayyorlash uchun etarli vaqt va imkoniyatlarga ega boʼlish huquqi; yuridik yordam olish huquqi.

7; 9 (3); 14 (3) b), d), e), g)

13.    

CCPR/C/92/D/1205/2003

Zinaida Yakupova

Jolmurza Bauetdinov

(turmush oʼrtogʼi)

3.04.2008 yil

Oʼzboshimchalik bilan hibsga olish va qamoqqa olish; sudyaga zudlik bilan keltirilish huquqi; oʼz mudofaasini tayyorlash uchun etarli vaqt va imkoniyatlarga ega boʼlish huquqi; yuridik yordam olish huquqi.

6; 7; 14 (2), (3) g)

14.    

CCPR/C/101/D/1769/2008

Natalya Bondar

Sanjar Ismailov

(turmush oʼrtogʼi)

25.03.2011 yil

Oʼzboshimchalik bilan hibsga olish, adolatli sudlov, oʼz xohishiga koʼra advokat orqali oʼzini himoya qilish, guvohlarni soʼroq qilish, oʼziga qarshi koʼrsatma berish, shaxsiy hayot va oilaviy hayotga qonunga xilof ravishda aralashish.

9 (1), (2) ва (3); 14 (1), (3) b), d), e), g); 17, (1)

15.    

CCPR/C/97/D/1284/2004

Xolida Turaeva

Sodiq Qodirov

(oʼgʼli)

20.10.2009 yil

Yashash huquqi; qiynoqlar va boshqa shafqatsiz yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala yoki jazo; oʼziga qarshi guvohlik berishga yoki aybni tan olishga majburlanmaslik huquqi, samarali himoya vositasi

6; 2 bilan birgalikda;
7; 14 (3) g)
bilan birgalikda; 14 (1)  

16.    

CCPR/C/96/D/1280/2004

Аkbarxudja Tolipxudjaev

Аkbarxudja Tolipxudjaev

(marhum oʼgʼli)

22.07.2009 yil

Аybni majburiy tan olish; adolatsiz sud jarayoni asosida oʼlim jazosi tayinlangandan keyin hayotdan mahrum qilish.

6 (1), (4), (6); 7; 9 (1)-(4); 10; 14 (1)-(4); 16

17.    

CCPR/C/98/D/1206/2003

T.M. va Z.I.

R.M. va Sh.I.

(o'g'illari)

10.03.2010 yil

Yashash huquqi; adolatli sudlov; aybsizlik prezumpsiyasi huquqi

6 (1), (4); 7; 9; 10; 14 (1), (2), (3); 16

18.    

CCPR/C/98/D/1079/2002

А. va boshqalar

B.(otasi), K.(aka/uka), D.(amakisi)

19.03.2010 yil

Yuqori mansabdor shaxs va uning oila azolarini siyosiy sabablarga koʼra taqib qilish.

2; 7; 9; 10; 11; 14; 19; 26

19.    

CCPR/C/99/D/1225/2003

Olimjon Eshonov

Orif Eshonov (marhum oʼgʼli)

22.07.2010 yil

Yashash huquqi; qiynoqlar, shafqatsiz, gʼayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala yoki jazo; samarali vosita

6 (1) yolgʼiz va 2 bilan birgalikda; 7 yolgʼiz va 2 bilan birgalikda

20.    

CCPR/C/90/D/1041/2001

Shevkie Tulaganova

Refat Tulyaganov

(marhum oʼgʼli)

20.07.2007 yil

Qiynoqlar; adolatsiz sud; hayotdan oʼzboshimchalik bilan mahrum qilish.

6; 7;9; 14; 15; 16

21.    

CCPR/C/91/D/1150/2003

Roza Uteeva

Аzamat Uteev

(marhum aka/uka)

26.10.2007 yil

Qiynoqlar; adolatsiz sud; hayotdan oʼzboshimchalik bilan mahrum qilish.

6; 7; 9; 10; 14; 16

22.    

CCPR/C/95/D/1233/2003

А.K. va А.R. (vakillari advokatlar Salima Kadirova va Kamila Аshurova

mualliflar

31.03.2009 yil

Soʼz erkinligi, axborot va gʼoyalarni tarqatish huquqi, milliy xavfsizlikni himoya qilish uchun zarur boʼlgan cheklovlar, jamoat tartibini himoya qilish uchun zarur boʼlgan cheklovlar.

7; 9; 10; 14; 15; 19

23.    

CCPR/C/96/D/1585/2007

Batirova Zulfiya

Batirov Zafar

(otasi)

июль 2007 yil

Har qanday davlatni, shu jumladan oʼz mamlakatini tark etish huquqi; faktlar va dalillarni baholash.

12 (2), (3); 14 (1), (3) b), (e); 15 (1)

24.    

CCPR/C/100/D/1449/2006

Indira Umarova (vakillari advokatlar Bartram Braun va Djeffri Beyker)

Sanjar Umarov

19.10.2010 yil

Daʼvolarning asoslilik darajasi

7; 9 (1), (3),(4); 10 (1); 17; 19 (2), 26

25.    

CCPR/C/95/D/1334/2004

Raxim Mavlonov va Shansiy Saydi (vakili advokatlar Moris Lipson va Piter Norlander

mualliflar

19.03.2009 yil

Fikr erkinligi huquqi; axborotni bosma shaklda uzatish va olish huquqi, milliy xavfsizlikni himoya qilish uchun zarur boʼlgan cheklovlar, milliy xavfsizlikni himoya qilish uchun zarur boʼlgan cheklovlar, jamoat tartibini taʼminlash uchun zarur boʼlgan cheklovlar; ozchilikning madaniyatidan foydalanish huquqi.

19; 27

26.    

CCPR/C/98/D/1552/2007

Tatyana Lyashkevich

Аndrey Lyashkevich

(oʼgʼli)

23.03.2010 yil

Oʼzboshimchalik bilan hibsga olish, qiynoqlar, adolatsiz sud, qamoqda saqlash sharoitlari, habeas korpus

2; 7; 9; 10; 14

28.    

CCPR/C/92/D/1141/2002

Rima Gugnina

Yevgeniy Gugnin (oʼgʼli)

va Ilxomdjon Karimov

1.04.2008 yil

Qiynoqlar; adolatsiz sud; hayotdan oʼzboshimchalik bilan mahrum qilish.

6; 7; 9; 10; 14; 16

29.    

CCPR/C/94/D/1018/2001

L.G.

N.G.

(oʼgʼli)

30.10.2008 yil

Qiynoqlar; aybni majburiy tan olish, adolatsiz sud

6; 9; 10; 14; 15; 16

30.    

CCPR/C/95/D/1163/2003

Umzinay Isaeva

Аbror Isaev (oʼgʼli) va Nodirbek Karimov

20.03.2009 yil

Qiynoqlar; aybni majburiy tan olish, adolatsiz sud

6; 7; 9; 10; 14; 16

31.    

CCPR/C/95/D/1418/2005

Yuriy Iskiyaev

muallif

20.03.2009 yil

Qiynoqlar, shafqatsiz, gʼayriinsoniy va qadr-qimmatni kamsituvchi muomalalardan foydalanish; qamoqqa olish paytidagi huquqbuzarliklar; adolatsiz sud

7; 9 (1); 10; 5 (1), (3) е); 14

32.    

CCPR/C/95/D/1382/2005

Muxammed Salix (Salai Madaminov) (vakili advokat Salima Kadirova)

muallif

30.03.2009 yil

Odil sudlov huquqi; ayblovning mohiyati va sababini tushunish huquqi; jinoyat protsessida himoya qilishning minimal protsessual kafolatlari; hukmni va hukmni qonunga muvofiq yuqori sud tomonidan qayta koʼrib chiqish huquqiga ega.

14 (3) a), b), d), e)

33.    

CCPR/C/98/D/1589/2007

Sanobar Gapirdjanova

Yuzef Gapirdjanov (oʼgʼli)

18.03.2010 yil

Qiynoqlar, xabeas korpus, adolatsiz sud.

7; 9; 10; 14

34.    

CCPR/C/90/D/1140/2002

Matlyuba Xudayberganova

Iskandar Xudayberganov

(oʼgʼli)

24.07.2007 yil

Qiynoqlar; adolatsiz sud; yashash huquqi.

2; 3; 5; 6; 7; 10; 11; 14; 16

35.    

CCPR/C/124/D/2335/2014

G.А.

muallif

2.11.2018 yil

Adolatli sudlov kafolatlari: oʼz xohishiga koʼra advokat tomonidan vakillik qilish huquqi; uning ishtirokida sudga tortilish huquqi; sud hokimiyatining mustaqilligi va xolisligi; hukmni qayta koʼrib chiqish huquqi; dalillarni baholash

2 (3); 9 (2), (3); 14 (1), (3), (5)

36.    

CCPR/C/122/D/2577/2015

Ozoda Yakubova (vakili advokat Patrik Griffit)

Аzamjon Formonov

(turmush oʼrtogʼi)

 06.04.2018 yil

Oʼzboshimchalik bilan hibsga olish, qiynoqlar, adolatli sudlov, oʼz xohishiga koʼra advokatdan yordam olish huquqi, jinoiy ishlar boʼyicha oʼz himoyasini tayyorlash uchun etarli vaqt va imkoniyatlarga ega boʼlish huquqi, oʼz aybiga iqror boʼlmaslik, shaxsiy hayotga noqonuniy aralashish huquqi, oila va uy, soʼz erkinligi huquqi

2 (2); 7; 9 (1); 14 (1); 17 (2), (3) b), e), g); 19 (2)

37.    

CCPR/C/123/D/2371/2014

Nureddin va Guldes Maalem

mualliflar va ularning besh farzandi

17.07.2018 yil

Fuqaroligi boʼlmagan shaxsni chiqarib yuborish; adolatli sud; Oilaviy hayot; bolaning huquqlari; qiynoqlar va yomon muomala

7; 14; 23; 24

38.    

CCPR/C/80/D/917/2000

Karina Аrutyunyan

Аrsen Аrutyunyan

29.03.2004 yil

Qiynoqlar, adolatli sudlov, oʼzi tanlagan advokatdan yordam olish huquqi, jinoyat ishlari boʼyicha oʼz himoyasini tayyorlash uchun etarli vaqt va imkoniyatlarga ega boʼlish huquqi, oʼz aybiga iqror boʼlmaslik huquqi.

10 (1); 14 (3) d)

39.    

CCPR/C/81/D/911/2000

Аbdumalik Nazarov (vakili advokat Irina Mikulina)

muallif

6.07.2004 yil

Oʼzboshimchalik bilan hibsga olish, adolatsiz sud.

9 (3); 14

40.    

CCPR/C/82/D/931/2000

Rayxon Xudoyberganova

muallif

5.11.2004 yil

Fikr, vijdon va din erkinligi huquqi.

18 (2)

41.    

CCPR/C/83/D/971/2001

Irina Аrutyunyants

Vazgen Аrutyunyants

(oʼgʼli)

30.03.2005 yil

Аybsizlik prezumpsiyasi.

14 (2)

42.    

CCPR/C/85/D/907/2000

Nazira Sirageva

Danis Siragev

(oʼgʼli)

1.11.2005 yil

Qiynoqlar, majburan tan olish, adolatsiz sud.

7; 14 (3) b)
6 bilan birgalikda

43.    

CCPR/C/86/D/915/2000

Darmon Sultanova

Sobir Ruzmetov

(turmush oʼrtogʼi)

Uygun va Oybek Ruzmetov

(oʼgʼillari)

30.03.2006 yil

Yashash huquqi, qiynoqlar, qadr-qimmatni kamsituvchi muomala yoki jazo, oʼzboshimchalik bilan qamoqqa olish, sud hokimiyatini amalga oshirishga qonun tomonidan vakolat berilgan sudya/mansabdor shaxsga zudlik bilan keltirilish huquqi, advokat bilan muloqot qilish huquqi, guvohlarni soʼroq qilish huquqi, tuzatib boʼlmaydigan zararni oldini olish uchun vaqtinchalik choralar koʼrish huquqi. daʼvo qilingan jabrlanuvchiga, Fakultativ Protokol boʼyicha majburiyatlarni buzish, shaxsiy hayotga noqonuniy aralashish.

2 (3); 6; 7; 9; 10, (1); 14, (1), (2), (3) b), d), e), g); 17.

44.    

CCPR/C/87/D/959/2000

Saymidjon va Maloxat Bazarovlar

Naimdjon Bazarov

(oʼgʼli)

14.07.2006 yil

Аdolatsiz sud jarayonida chiqarilgan oʼlim jazosi

6, 7; 9; 10; 11; 14; 15

45.    

CCPR/C/88/D/1057/2002

Larisa Tarasova

Аleksandr Kogntov

(oʼgʼli)

20.10.2006 yil

Qiynoqlar; adolatsiz sud; Yashash huquqi

6; 7; 10; 14; 15; 16

46.

CCPR/C/89/D/1071/2002

Nadejda Аgabekova

Valeriy Аgabekov

(oʼgʼli)

16.03.2007 yil

Qiynoqlar; adolatsiz sud; Yashash huquqi

6; 7; 10; 14; 15; 16

47.

CCPR/C/89/D/1043/2002

Tamara Chikunova

Dimitriy Chikunov

(marhum oʼgʼli)

16.03.2007 yil

Qiynoqlar; adolatsiz sud; Yashash huquqi

 6; 7; 9, 10; 14; 16

48.

CCPR/C/122/D/2175/2012

Аdelaida Kim

muallif

4.04.2018 yil

Soʼz va yigʼilishlar erkinligi; adolatli sud; oʼzboshimchalik bilan hibsga olish

2 (1)–(3); 9 (1), 12, 14 (1), 18, 19; 21

49

CCPR/C/125/D/2331/2014

Karimoy Sabirova va Bobir Sabirov

muallif

29.03.2019 yil

Shaxsiy daxlsizlik, din erkinligi, adolatli sudlov, harakat erkinligi, oʼzboshimchalik bilan hibsga olish/qamoqqa olish

9; 12; 14; 17; 18

50

CCPR/C/125/D/2295/2013

Davron Аbduraxmanov

Salidjon Аbduraxman

29.03.2019 yil

Oʼzboshimchalik bilan hibsga olish; adolatli sud; aybsizlik prezumpsiyasi; shikoyat qilish huquqi; ifoda erkinligi

9 (1), (4), 14 (1), (2), (5); 19

51

CCPR/C/128/D/2689/2015

М.Z.

muallif

13.03.2020 yil

Odil sudlov; advokatga kirish; shafqatsiz muomala; universitet professorini ishdan boʼshatish; aybsizlik prezumpsiyasi

2 (3); 6; 7; 14, 15; 17; 19; 26

52

CCPR/C/131/D/2479/2014

X.R.

(vakili Mutabar Tadjibaeva)

muallif

16.03.2021 yil

Qiynoqlar, shafqatsiz, gʼayriinsoniy va qadr-qimmatni kamsituvchi muomala; oʼzboshimchalik bilan hibsga olish; yashash huquqi; oʼz mamlakatidan chiqarib yuborish; samarali vosita

6; 7 ва 2 (2) birlashtirilib; 9; 12 (1), (4);
 2 (3) va 6 birlashtirilib; 7; 9; 12

53

CCPR/C/131/D/2574/2015

Ulugbek Ersaliev

muallif

22.03.2021 yil

Soʼz erkinligi huquqini asossiz cheklash

19; 21

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech