O‘zbekiston Respublikasining yangi tahridagi Konstitutsiyasiga muvofiq, har kim O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq, agar davlatning huquqiy himoyaga doir barcha ichki vositalaridan foydalanib bo‘lingan bo‘lsa, insonning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi xalqaro organlarga murojaat etish huquqiga ega. Inson huquqlarini himoya qilish sohasida O‘zbekiston inson huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan 80 dan ortiq xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilgan.
O‘zbekiston Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning birinchi va Fakultativ protokolni ratifikatsiya qilishi munosabati bilan BMTning Inson huquqlari qo‘mitasining Paktda mustahkamlangan qoidalarining ehtimoliy buzilishlari yuzasidan individual shikoyatlarni ko‘rib chiqish vakolatini tan oldi.
Ushbu protokolga muvofiq, fuqarolar tegishli shartnomaning ishtirokchisi bo‘lgan va qo‘mitaning individual shikoyatlarni ko‘rib chiqish vakolatini tan olgan ishtirokchi-davlatga nisbatan uning tegishli shartnomada nazarda tutilgan huquqlari buzilganligi to‘g‘risida shikoyat bilan murojaat qilishlari mumkin.
Xabar yoki petitsiya deb ataladigan murojaat Qo‘mitaga belgilangan shaklda, yozma ravishda, tushunarli tarzda, bosma va imzolangan shaklda topshirilishi kerak.
Murojaatda murojaatchi asosiy ma’lumotlarni - ism-sharifi, fuqaroligi, tug‘ilgan sanasi, pochta va elektron pochta manzillari – shuningdek, murojaat qaysi davlatga qarshi yuborilayotgan bo‘lsa, o‘sha ishtirokchi-davlatni aniq ko‘rsatishi kerak.
Manzil yoki boshqa aloqa ma’lumotlaridagi har qanday keyingi o‘zgarishlar imkon qadar tezroq xabardor qilinishi kerak. Bundan tashqari, murojaatga asoslangan barcha faktlarni xronologik tartibda ko‘rsatish muhim hisoblanadi. Faktlarni bayon qilish imkon qadar to‘liq bo‘lishi va barcha tegishli ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak. Shuningdek, u murojaat qilingan ishtirokchi-davlatda mavjud bo‘lgan himoya vositalarini tugatish bo‘yicha allaqachon ko‘rilgan qadamlarini, ya’ni, ishtirokchi davlatning milliy sudlari va organlari tomonidan ko‘rilgan choralar batafsil bayon qilishi kerak.
Qo‘mitalarning qarorlari tegishli shartnomalarning nufuzli talqinini tashkil etadi. Ular tegishli ishtirokchi-davlatga tavsiyalarni o‘z ichiga oladi, lekin ushbu tavsiyalar ishtirokchi-davlatlar uchun qonuniy kuchga ega emas. Agar qo‘mita shartnoma buzilganligi haqida xulosa chiqarsa, davlatdan 180 kun ichida tavsiyalarni bajarish bo‘yicha ko‘rgan choralari haqida ma’lumot taqdim etishi so‘raladi.
Shundan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston fuqarolari Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktda kafolatlangan huquqlari buzilgan deb hisoblagan hollarda BMT Inson huquqlari qo‘mitasiga individual shikoyatlar bilan murojaat qilishlari mumkin.
Biroq, shikoyat qo‘mita tomonidan ko‘rib chiqishga qabul qilinishi uchun u Fakultativ protokollarda belgilangan muayyan talablarga javob berishi kerak. Xususan, barcha mavjud ichki himoya vositalari tugatilishi va shikoyat oxirgi ichki qaror qabul qilingandan keyin oqilona vaqt ichida berilishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan BMTning Inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitasiga yuborilgan indvidual murojaatlar bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin: https://juris.ohchr.org/SearchResult
BMTning inson huquqlari boʼyicha ustav organlari va shartnomaviy qoʼmitalarining qarorlari
REESTRI
№ |
Qaror raqami |
Muallif |
Taxmin qilingan jabrlanuvchi |
Qabul qilingan sana |
Muhim masalalar |
Paktning moddalari |
1. |
CCPR/C/120/D/2430/2014 |
Xidirnazar Аllaqulov |
muallif |
19.07.2017 yil |
Odil sudlov huquqi va sudlar oldida tenglik; samarali himoya vositalaridan foydalanish huquqi; soʼz erkinligi; shaxsiy daxlsizlik huquqi; kamsitmaslik huquqi. |
2; 3; 7; 14; 17; 19; 26 |
2. |
CCPR/C/119/D/2555/2015 |
Sirojiddin Аllaberdiev (vakili advokat Muxtorjon Maxkamov) |
muallif |
21.03.2017 yil |
Qiynoqlarga berilmaslik huquqi; erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi; oʼz mudofaasini tayyorlash uchun etarli vaqt va imkoniyatlarga ega boʼlish huquqi; sudlovni ortiqcha kechiktirmasdan koʼrish huquqi; guvohlarni chaqirish va soʼroq qilish huquqi; oʼziga qarshi guvohlik berishga majburlanmaslik huquqi. |
7; 9 (1); 14 (3) b), c), e), g) |
3. |
CCPR/C/118/D/2317/2013 |
Kayum Ortikov (vakili Mutabar Tadjibaeva) |
muallif |
26.10.2016 yil |
Qiynoqlar; qiynoqlar - tezkor va xolis tergov; oʼzboshimchalik bilan hibsga olish - qamoqqa olish, samarali himoya vositalari, adolatli sudlov; adolatli sud - huquqiy yordam; adolatli sud muhokamasi - ishni ayblanuvchi ishtirokida koʼrish huquqi. |
2, 7; 9, 10, 14 |
4. |
CCPR/C/118/D/2106/2011 |
Valentina Kashtanova va Gulnara Slukina |
V.S. (oʼgʼli) va V.L. (jiyani) |
28.10.2016 yil |
Qiynoqlar; shafqatsiz muomala; adolatli sud; voyaga etmaganlarni himoya qilish choralari |
7, 10, 14, 24 |
5. |
CCPR/C/116/D/2044/2011 |
А.Grigoryan va T.Vodolazova |
mualliflar |
11.03.2016 yil |
Noqonuniy va oʼzboshimchalik bilan hibsga olish; sud nazorati huquqi. |
2 (3); 7; 9 (1), (3), (4); 14 (1); 19 (1), (2) |
6. |
CCPR/C/114/D/2234/2013 |
М.Т. |
muallif |
23.07.2015 yil |
Qiynoqlar, oʼzboshimchalik bilan hibsga olish, shafqatsiz munosabatda boʼlish, adolatli sudlov, shaxsiy hayotga oʼzboshimchalik bilan aralashish, soʼz, uyushma va yigʼilish erkinligi, kamsitish, samarali himoya vositalari |
2 (3) alohida, shuningdek, 7; 9 (1), (2), (4); 10 (1), (2) a), 14 (1), (3) b), e) moddalar bilan birgalikda koʼrib chiqilganda |
8. |
CCPR/C/102/D/1478/2006 |
Nikolay Kungurov (vakili advokat Morris Lipson) |
muallif |
20.07.2011 yil |
Fikr erkinligi huquqi; uyushmalar erkinligi huquqi; ruxsat etilgan cheklovlar. |
2; 19; 22 |
9. |
CCPR/C/96/D/1378/2005 |
Mansur Kasimov |
Yuldash Kasimov (aka/uka) |
30.07.2009 yil |
Oʼz xohishiga koʼra advokat tomonidan vakillik qilish huquqi; adolatsiz suddan keyin chiqarilgan oʼlim hukmi. |
6 (1), (4), (6); 7; 9 (1)-(4); 10; 14 (1)-(4); 16 |
10. |
CCPR/C/104/D/1914, 1915&1916/2009 |
Saida Musaeva |
Erkin Musaev (oʼgʼli) |
21.03.2012 yil |
Oʼzboshimchalik bilan hibsga olish va qamoqqa olish; sudyaga zudlik bilan keltirilish huquqi; oʼz mudofaasini tayyorlash uchun etarli vaqt va imkoniyatlarga ega boʼlish huquqi; yuridik yordam olish huquqi. |
7; 9 (3); 14 (3) b), d), e), g) |
13. |
CCPR/C/92/D/1205/2003 |
Zinaida Yakupova |
Jolmurza Bauetdinov (turmush oʼrtogʼi) |
3.04.2008 yil |
Oʼzboshimchalik bilan hibsga olish va qamoqqa olish; sudyaga zudlik bilan keltirilish huquqi; oʼz mudofaasini tayyorlash uchun etarli vaqt va imkoniyatlarga ega boʼlish huquqi; yuridik yordam olish huquqi. |
6; 7; 14 (2), (3) g) |
14. |
CCPR/C/101/D/1769/2008 |
Natalya Bondar |
Sanjar Ismailov (turmush oʼrtogʼi) |
25.03.2011 yil |
Oʼzboshimchalik bilan hibsga olish, adolatli sudlov, oʼz xohishiga koʼra advokat orqali oʼzini himoya qilish, guvohlarni soʼroq qilish, oʼziga qarshi koʼrsatma berish, shaxsiy hayot va oilaviy hayotga qonunga xilof ravishda aralashish. |
9 (1), (2) ва (3); 14 (1), (3) b), d), e), g); 17, (1) |
15. |
CCPR/C/97/D/1284/2004 |
Xolida Turaeva |
Sodiq Qodirov (oʼgʼli) |
20.10.2009 yil |
Yashash huquqi; qiynoqlar va boshqa shafqatsiz yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala yoki jazo; oʼziga qarshi guvohlik berishga yoki aybni tan olishga majburlanmaslik huquqi, samarali himoya vositasi |
6; 2 bilan birgalikda; |
16. |
CCPR/C/96/D/1280/2004 |
Аkbarxudja Tolipxudjaev |
Аkbarxudja Tolipxudjaev (marhum oʼgʼli) |
22.07.2009 yil |
Аybni majburiy tan olish; adolatsiz sud jarayoni asosida oʼlim jazosi tayinlangandan keyin hayotdan mahrum qilish. |
6 (1), (4), (6); 7; 9 (1)-(4); 10; 14 (1)-(4); 16 |
17. |
CCPR/C/98/D/1206/2003 |
T.M. va Z.I. |
R.M. va Sh.I. (o'g'illari) |
10.03.2010 yil |
Yashash huquqi; adolatli sudlov; aybsizlik prezumpsiyasi huquqi |
6 (1), (4); 7; 9; 10; 14 (1), (2), (3); 16 |
18. |
CCPR/C/98/D/1079/2002 |
А. va boshqalar |
B.(otasi), K.(aka/uka), D.(amakisi) |
19.03.2010 yil |
Yuqori mansabdor shaxs va uning oila azolarini siyosiy sabablarga koʼra taqib qilish. |
2; 7; 9; 10; 11; 14; 19; 26 |
19. |
CCPR/C/99/D/1225/2003 |
Olimjon Eshonov |
Orif Eshonov (marhum oʼgʼli) |
22.07.2010 yil |
Yashash huquqi; qiynoqlar, shafqatsiz, gʼayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala yoki jazo; samarali vosita |
6 (1) yolgʼiz va 2 bilan birgalikda; 7 yolgʼiz va 2 bilan birgalikda |
20. |
CCPR/C/90/D/1041/2001 |
Shevkie Tulaganova |
Refat Tulyaganov (marhum oʼgʼli) |
20.07.2007 yil |
Qiynoqlar; adolatsiz sud; hayotdan oʼzboshimchalik bilan mahrum qilish. |
6; 7;9; 14; 15; 16 |
21. |
CCPR/C/91/D/1150/2003 |
Roza Uteeva |
Аzamat Uteev (marhum aka/uka) |
26.10.2007 yil |
Qiynoqlar; adolatsiz sud; hayotdan oʼzboshimchalik bilan mahrum qilish. |
6; 7; 9; 10; 14; 16 |
22. |
CCPR/C/95/D/1233/2003 |
А.K. va А.R. (vakillari advokatlar Salima Kadirova va Kamila Аshurova |
mualliflar |
31.03.2009 yil |
Soʼz erkinligi, axborot va gʼoyalarni tarqatish huquqi, milliy xavfsizlikni himoya qilish uchun zarur boʼlgan cheklovlar, jamoat tartibini himoya qilish uchun zarur boʼlgan cheklovlar. |
7; 9; 10; 14; 15; 19 |
23. |
CCPR/C/96/D/1585/2007 |
Batirova Zulfiya |
Batirov Zafar (otasi) |
июль 2007 yil |
Har qanday davlatni, shu jumladan oʼz mamlakatini tark etish huquqi; faktlar va dalillarni baholash. |
12 (2), (3); 14 (1), (3) b), (e); 15 (1) |
24. |
CCPR/C/100/D/1449/2006 |
Indira Umarova (vakillari advokatlar Bartram Braun va Djeffri Beyker) |
Sanjar Umarov |
19.10.2010 yil |
Daʼvolarning asoslilik darajasi |
7; 9 (1), (3),(4); 10 (1); 17; 19 (2), 26 |
25. |
CCPR/C/95/D/1334/2004 |
Raxim Mavlonov va Shansiy Saydi (vakili advokatlar Moris Lipson va Piter Norlander |
mualliflar |
19.03.2009 yil |
Fikr erkinligi huquqi; axborotni bosma shaklda uzatish va olish huquqi, milliy xavfsizlikni himoya qilish uchun zarur boʼlgan cheklovlar, milliy xavfsizlikni himoya qilish uchun zarur boʼlgan cheklovlar, jamoat tartibini taʼminlash uchun zarur boʼlgan cheklovlar; ozchilikning madaniyatidan foydalanish huquqi. |
19; 27 |
26. |
CCPR/C/98/D/1552/2007 |
Tatyana Lyashkevich |
Аndrey Lyashkevich (oʼgʼli) |
23.03.2010 yil |
Oʼzboshimchalik bilan hibsga olish, qiynoqlar, adolatsiz sud, qamoqda saqlash sharoitlari, habeas korpus |
2; 7; 9; 10; 14 |
28. |
CCPR/C/92/D/1141/2002 |
Rima Gugnina |
Yevgeniy Gugnin (oʼgʼli) va Ilxomdjon Karimov |
1.04.2008 yil |
Qiynoqlar; adolatsiz sud; hayotdan oʼzboshimchalik bilan mahrum qilish. |
6; 7; 9; 10; 14; 16 |
29. |
CCPR/C/94/D/1018/2001 |
L.G. |
N.G. (oʼgʼli) |
30.10.2008 yil |
Qiynoqlar; aybni majburiy tan olish, adolatsiz sud |
6; 9; 10; 14; 15; 16 |
30. |
CCPR/C/95/D/1163/2003 |
Umzinay Isaeva |
Аbror Isaev (oʼgʼli) va Nodirbek Karimov |
20.03.2009 yil |
Qiynoqlar; aybni majburiy tan olish, adolatsiz sud |
6; 7; 9; 10; 14; 16 |
31. |
CCPR/C/95/D/1418/2005 |
Yuriy Iskiyaev |
muallif |
20.03.2009 yil |
Qiynoqlar, shafqatsiz, gʼayriinsoniy va qadr-qimmatni kamsituvchi muomalalardan foydalanish; qamoqqa olish paytidagi huquqbuzarliklar; adolatsiz sud |
7; 9 (1); 10; 5 (1), (3) е); 14 |
32. |
CCPR/C/95/D/1382/2005 |
Muxammed Salix (Salai Madaminov) (vakili advokat Salima Kadirova) |
muallif |
30.03.2009 yil |
Odil sudlov huquqi; ayblovning mohiyati va sababini tushunish huquqi; jinoyat protsessida himoya qilishning minimal protsessual kafolatlari; hukmni va hukmni qonunga muvofiq yuqori sud tomonidan qayta koʼrib chiqish huquqiga ega. |
14 (3) a), b), d), e) |
33. |
CCPR/C/98/D/1589/2007 |
Sanobar Gapirdjanova |
Yuzef Gapirdjanov (oʼgʼli) |
18.03.2010 yil |
Qiynoqlar, xabeas korpus, adolatsiz sud. |
7; 9; 10; 14 |
34. |
CCPR/C/90/D/1140/2002 |
Matlyuba Xudayberganova |
Iskandar Xudayberganov (oʼgʼli) |
24.07.2007 yil |
Qiynoqlar; adolatsiz sud; yashash huquqi. |
2; 3; 5; 6; 7; 10; 11; 14; 16 |
35. |
CCPR/C/124/D/2335/2014 |
G.А. |
muallif |
2.11.2018 yil |
Adolatli sudlov kafolatlari: oʼz xohishiga koʼra advokat tomonidan vakillik qilish huquqi; uning ishtirokida sudga tortilish huquqi; sud hokimiyatining mustaqilligi va xolisligi; hukmni qayta koʼrib chiqish huquqi; dalillarni baholash |
2 (3); 9 (2), (3); 14 (1), (3), (5) |
36. |
CCPR/C/122/D/2577/2015 |
Ozoda Yakubova (vakili advokat Patrik Griffit) |
Аzamjon Formonov (turmush oʼrtogʼi) |
06.04.2018 yil |
Oʼzboshimchalik bilan hibsga olish, qiynoqlar, adolatli sudlov, oʼz xohishiga koʼra advokatdan yordam olish huquqi, jinoiy ishlar boʼyicha oʼz himoyasini tayyorlash uchun etarli vaqt va imkoniyatlarga ega boʼlish huquqi, oʼz aybiga iqror boʼlmaslik, shaxsiy hayotga noqonuniy aralashish huquqi, oila va uy, soʼz erkinligi huquqi |
2 (2); 7; 9 (1); 14 (1); 17 (2), (3) b), e), g); 19 (2) |
37. |
CCPR/C/123/D/2371/2014 |
Nureddin va Guldes Maalem |
mualliflar va ularning besh farzandi |
17.07.2018 yil |
Fuqaroligi boʼlmagan shaxsni chiqarib yuborish; adolatli sud; Oilaviy hayot; bolaning huquqlari; qiynoqlar va yomon muomala |
7; 14; 23; 24 |
38. |
CCPR/C/80/D/917/2000 |
Karina Аrutyunyan |
Аrsen Аrutyunyan |
29.03.2004 yil |
Qiynoqlar, adolatli sudlov, oʼzi tanlagan advokatdan yordam olish huquqi, jinoyat ishlari boʼyicha oʼz himoyasini tayyorlash uchun etarli vaqt va imkoniyatlarga ega boʼlish huquqi, oʼz aybiga iqror boʼlmaslik huquqi. |
10 (1); 14 (3) d) |
39. |
CCPR/C/81/D/911/2000 |
Аbdumalik Nazarov (vakili advokat Irina Mikulina) |
muallif |
6.07.2004 yil |
Oʼzboshimchalik bilan hibsga olish, adolatsiz sud. |
9 (3); 14 |
40. |
CCPR/C/82/D/931/2000 |
Rayxon Xudoyberganova |
muallif |
5.11.2004 yil |
Fikr, vijdon va din erkinligi huquqi. |
18 (2) |
41. |
CCPR/C/83/D/971/2001 |
Irina Аrutyunyants |
Vazgen Аrutyunyants (oʼgʼli) |
30.03.2005 yil |
Аybsizlik prezumpsiyasi. |
14 (2) |
42. |
CCPR/C/85/D/907/2000 |
Nazira Sirageva |
Danis Siragev (oʼgʼli) |
1.11.2005 yil |
Qiynoqlar, majburan tan olish, adolatsiz sud. |
7; 14 (3) b) |
43. |
CCPR/C/86/D/915/2000 |
Darmon Sultanova |
Sobir Ruzmetov (turmush oʼrtogʼi) Uygun va Oybek Ruzmetov (oʼgʼillari) |
30.03.2006 yil |
Yashash huquqi, qiynoqlar, qadr-qimmatni kamsituvchi muomala yoki jazo, oʼzboshimchalik bilan qamoqqa olish, sud hokimiyatini amalga oshirishga qonun tomonidan vakolat berilgan sudya/mansabdor shaxsga zudlik bilan keltirilish huquqi, advokat bilan muloqot qilish huquqi, guvohlarni soʼroq qilish huquqi, tuzatib boʼlmaydigan zararni oldini olish uchun vaqtinchalik choralar koʼrish huquqi. daʼvo qilingan jabrlanuvchiga, Fakultativ Protokol boʼyicha majburiyatlarni buzish, shaxsiy hayotga noqonuniy aralashish. |
2 (3); 6; 7; 9; 10, (1); 14, (1), (2), (3) b), d), e), g); 17. |
44. |
CCPR/C/87/D/959/2000 |
Saymidjon va Maloxat Bazarovlar |
Naimdjon Bazarov (oʼgʼli) |
14.07.2006 yil |
Аdolatsiz sud jarayonida chiqarilgan oʼlim jazosi |
6, 7; 9; 10; 11; 14; 15 |
45. |
CCPR/C/88/D/1057/2002 |
Larisa Tarasova |
Аleksandr Kogntov (oʼgʼli) |
20.10.2006 yil |
Qiynoqlar; adolatsiz sud; Yashash huquqi |
6; 7; 10; 14; 15; 16 |
46. |
CCPR/C/89/D/1071/2002 |
Nadejda Аgabekova |
Valeriy Аgabekov (oʼgʼli) |
16.03.2007 yil |
Qiynoqlar; adolatsiz sud; Yashash huquqi |
6; 7; 10; 14; 15; 16 |
47. |
CCPR/C/89/D/1043/2002 |
Tamara Chikunova |
Dimitriy Chikunov (marhum oʼgʼli) |
16.03.2007 yil |
Qiynoqlar; adolatsiz sud; Yashash huquqi |
6; 7; 9, 10; 14; 16 |
48. |
CCPR/C/122/D/2175/2012 |
Аdelaida Kim |
muallif |
4.04.2018 yil |
Soʼz va yigʼilishlar erkinligi; adolatli sud; oʼzboshimchalik bilan hibsga olish |
2 (1)–(3); 9 (1), 12, 14 (1), 18, 19; 21 |
49 |
CCPR/C/125/D/2331/2014 |
Karimoy Sabirova va Bobir Sabirov |
muallif |
29.03.2019 yil |
Shaxsiy daxlsizlik, din erkinligi, adolatli sudlov, harakat erkinligi, oʼzboshimchalik bilan hibsga olish/qamoqqa olish |
9; 12; 14; 17; 18 |
50 |
CCPR/C/125/D/2295/2013 |
Davron Аbduraxmanov |
Salidjon Аbduraxman |
29.03.2019 yil |
Oʼzboshimchalik bilan hibsga olish; adolatli sud; aybsizlik prezumpsiyasi; shikoyat qilish huquqi; ifoda erkinligi |
9 (1), (4), 14 (1), (2), (5); 19 |
51 |
CCPR/C/128/D/2689/2015 |
М.Z. |
muallif |
13.03.2020 yil |
Odil sudlov; advokatga kirish; shafqatsiz muomala; universitet professorini ishdan boʼshatish; aybsizlik prezumpsiyasi |
2 (3); 6; 7; 14, 15; 17; 19; 26 |
52 |
CCPR/C/131/D/2479/2014 |
X.R. (vakili Mutabar Tadjibaeva) |
muallif |
16.03.2021 yil |
Qiynoqlar, shafqatsiz, gʼayriinsoniy va qadr-qimmatni kamsituvchi muomala; oʼzboshimchalik bilan hibsga olish; yashash huquqi; oʼz mamlakatidan chiqarib yuborish; samarali vosita |
6; 7 ва 2 (2) birlashtirilib; 9; 12 (1), (4); |
53 |
CCPR/C/131/D/2574/2015 |
Ulugbek Ersaliev |
muallif |
22.03.2021 yil |
Soʼz erkinligi huquqini asossiz cheklash |
19; 21 |