Hindiston aholi soni bo'yicha dunyoda birinchi o'ringa chiqib oldi

Taxminan 1,442 milliard aholiga ega Hindiston dunyoda yetakchiga aylandi. 1,425 milliard aholiga ega Xitoy ikkinchi o'rinni egalladi, deyiladi BMT Aholishunoslik jamg'armasi (UNFPA) hisobotida.

Hindistonliklarning taxminan 24 foizi 14 yoshgacha bo'lgan bolalar, 15 dan 64 yoshgacha bo'lganlar esa 68 foizni tashkil qiladi. Shu bilan birga, aholining 7 foizi 65 yosh va undan katta yoshdagilardir. Erkaklar uchun o'rtacha umr ko'rish – 71 yosh, ayollar uchun – 74 yosh.

Tadqiqotchilar Hindiston aholisi 77 yildan keyin ikki baravar ko'payishini bashorat qilishmoqda, deb xabar beradi mir24.tv.

“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati

Powered by GSpeech