Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya (A/RES/61/106-sonli rezolusiya bilan) 2006 yil 13 dekabrda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan inson huquqlari bo‘yicha xalqaro shartnoma hisoblanadi.
Nogironlar huquqlari bo‘yicha qo‘mita 18 mustaqil ekspertdan iborat organ bo‘lib, ishtirokchi–davlatlar tomonidan Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaning bajarilishini nazorat qiladi. Qo‘mita a’zolari hech qanday davlatning vakilligini namoyon qilmagan holda, o‘zlarining shaxsiy maqomida o‘z faoliyatlarini amalga oshiradilar.
Barcha ishtirokchi-davlatlar Qo‘mitaga Konvensiyada mustahkamlangan huquqlarning amalga oshirilishi yuzasidan muntazam hisobotlar taqdim etib boradilar. Ishtirokchi-davlatlar Konvensiyaga qo‘shilganidan keyin ikki yil o‘tgach, dastlabki hisobotlarni, so‘ngra har to‘rt yilda bir marta davriy hisobotlarni taqdim etishlari shart. Qo‘mita taqdim etilgan har bir hisobotni o‘rganib chiqib, ishtirokchi-davlatga “yakuniy mulohazalar” shaklida o‘z fikr va tavsiyalarini beradi.
Bundan tashqari, Qo‘mita quyidagi ikkita qo‘shimcha funksiyani amalga oshiradi:
Fakultativ protokolni ratifikatsiya qilgan ishtirokchi-davlat fuqarolaridan individual murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish.
Konvensiyaning qo‘pol va muntazam ravishda buzilishining ishonchli dalillari aniqlangan taqdirda tekshiruvlar o‘tkazish.
Shuningdek, Qo‘mita tematik masalalar bo‘yicha umumiy sharhlar shaklida inson huquqlari qoidalarining mazmuni talqinini e’lon qilib boradi.
inson huquqlari qoidalarining mazmuni talqinini tematik masalalar bo‘yicha umumiy sharhlar shaklida e’lon qiladi.
Qo‘mita har yili Jenevada ikkita sessiyadan iborat majlis o‘tkazadi.
2021 yil dekabr' holatiga ko‘ra Konvensiyada 184 ta davlat ishtirok etmoqda.
2021 yil 7 iyunda “Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani (N'yu-York, 2006 yil 13 dekabr') ratifikasiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq ratifikasiya qilindi.
2023 yil iyul oyida “Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya” qoidalarining bajarilishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Dastlabki hisobotini Ko‘mitaga topshirildi.