Universal davriy xisobot (UDX) BMTga a'zo barcha davlatlarda inson huquqlari to'g'risidagi ma'lumotlarni ko'rib chiqishning yagona mexanizmi hisoblanadi. UDX Inson Huquqlari Kengash tarkibiga kiradi va har bir mamlakat uchun inson huquqlari bilan bog'liq vaziyatni yaxshilash bo'yicha ko'rilgan choralar-tadbirlar to'g'risida ma'lumot berish, shuningdek ushbu sohadagi majburiyatlarini bajarish imkoniyatini beradi.
UDX Kengashning asosiy xususiyatlaridan biri bo'lgan inson huquqlari bilan bog'liq vaziyatni tahlil qilish paytida barcha davlatlarga teng yondashuvni kafolatlashga intiladi. Ushbu mexanizm barcha mamlakatlarda inson huquqlari bilan bog'liq vaziyatni yaxshilash va dunyoning istalgan nuqtasida jinoyatlarga qarshi kurashishning yakuniy maqsadiga yerishish uchun mo'ljallangan. Bugungi kunda bunday mexanizmga taqqoslay oladigan universal mexanizm mavjud emas.