Qiynoqlarga qarshi qo'mita

2018 yil O'zbekiston Respublikasi BMTning Qiynoqlarga Qarshi Qo'mitasiga qiynoqlar va boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala yoki jazoga qarshi Konventsiya qoidalariga rioya etilishi to'g'risida Beshinchi davriy hisobotni taqdim etdi, va 2019 yilning u 12-13 noyabr kunlari BMTning qiynoqlarga qarshi qo'mitasining 68-sessiyasida tinglandi.

BMTning qiynoqlarga qarshi qo'mitasi tomonidan O'zbekiston Respublikasining beshinchi davriy hisoboti ko'rib chiqilishi yakunlari bo'yicha turli xarakterdagi 97 ta tavsiyanoma taqdim etildi.

Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi BMTning qiynoqlarga qarshi qo'mitasi tavsiyalarini amalga oshirish bo'yicha Milliy harakatlar rejasi loyihasini ishlab chiqdi.

Powered by GSpeech