Qabul talablari

QABUL ShARTLARI HAQIDA

 

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoyasiga qadar quyidagilar talab qilinadi:

ixtisoslik hamda chet tili bo‘yicha malakaviy imtihon topshirishi;

dissertatsiya bo‘yicha umumiy soni 7 tadan kam bo‘lmagan ilmiy ish e’lon qilishi, xususan:

 ulardan kamida 3 ta ilmiy maqola (jumladan nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda 1 ta maqola) OAK Ro‘yxatiga kiritilgan ilmiy nashrlarda chop etilishi;

- dissertatsiya natijalarining xalqaro va respublika ilmiy va ilmiy-amaliy konferensiyalarida keng muhokamasi asosida kamida 2 ta material (maqola, ma’ruza yoki ma’ruza tezisi) xalqaro konferensiya materiallari to‘plamida e’lon qilingan bo‘lishi shart.

Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutlarida o‘qish uch yilgacha davom etadi.

 

Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoyasiga qadar quyidagilar talab qilinadi:

dissertatsiya bo‘yicha umumiy soni 15 tadan kam bo‘lmagan ilmiy ish e’lon qilishi, xususan:

- ulardan 10 ta maqola OAK Ro‘yxatiga kiritilgan ilmiy nashrlarda, 1 tasi tegishli fan tarmog‘i rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ixtisoslashgan ilmiy jurnallarida e’lon qilingan bo‘lishi;

- dissertatsiya natijalarining xalqaro va respublika ilmiy va ilmiy-amaliy konferensiyalarida keng muhokamasi asosida kamida 2 ta material (maqola, ma’ruza yoki ma’ruza tezisi) xalqaro konferensiya materiallari to‘plamida e’lon qilingan bo‘lishi;

- ijtimoiy-gumanitar fanlari sohalari bo‘yicha dissertatsiya natijalari yuzasidan monografiya e’lon qilinishi shart.

Powered by GSpeech