Mustaqillik yillarida O'zbekistonning inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining tamoyillari va asosiy yo'nalishlari shakllandi, xususan:
birinchidan, demokratiya va inson huquqlarining umume'tirof etilgan g'oyalari va qadriyatlariga, shuningdek inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarga sodiqlik;
ikkinchidan, demokratik huquqiy davlatchilik va fuqarolik jamiyatini shakllantirishga asoslangan milliy manfaatlar ustuvorligi;
uchinchidan, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan shaxs manfaatlarining jamiyat va davlat manfaatlaridan ustunligi;
to'rtinchidan, davlat va jamiyatni isloh etish va modernizatsiya qilishda bosqichma-bosqich tamoyilining eng muhim ekanligi;
beshinchidan, ochiqlik va shaffoflik tamoyili asosida har qanday muammolarni xalq bilan, fuqarolik jamiyatining barcha institutlari, shuningdek xalqaro sheriklar bilan muloqotda muxokama qilish va hal etish.
Ushbu tamoyillarga amal qilgan holda, O'zbekistonda inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarni fuqarolar va davlat xizmatchilari hamda jamiyat hayotiga keng joriy etish ishlari amalga oshirildi.
Davlat siyosati quyidagi elementlarni o'z ichiga oladi:
- Inson huquqlari to'g'risidagi qonunchilik;
- Konstitutsiya va inson huquqlari;
- Inson huquqlari bo'yicha halqaro
- hujjatlarni milliy qonunchilikka joriy etish;
- Inson huquqlari bo'yicha milliy institutlar;
- Inson huquqlari bo'yicha axborot-ma'rifatchilik tarqatish faoliyati;
- Fuqarolik jamiyati institutlari va inson huquqlari;
- Inson huquqlari sohasidagi xalqaro xamkorlik.