Yesemuratov Alisher Izbasarovichning yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
Yesemuratov Alisher Izbasarovichning “Migrantlar huquqlarini himoya qilishning xalqaro va milliy mexanizmlarini takomillashtirish masalalari” mavzusidagi 12.00.13 – “Inson huquqlari” ixtisosligi bo‘yicha yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.39/30.11.2020.Yu/S.128.01 raqamli Ilmiy kengashning 2024-yil 24-dekabr kuni soat 15:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 15-uy . Tel/faks: (99871) 239 13 58 e-mail: info@nhrc.uz |
|
Shadmanov Adxam Xursanboyevichning yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
Shadmanov Adxam Xursanboyevichning “Yangi O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarining inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha faoliyati (nazariya va amaliyot masalalari)” mavzusidagi 12.00.13 – “Inson huquqlari” ixtisosligi bo‘yicha yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.39/30.11.2020.Yu/s.128.01 raqamli Ilmiy kengashning 2024-yil 18-dekabr kuni soat 15:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 15-uy . Tel/faks: (99871) 239 13 58 e-mail: info@nhrc.uz |
|
Ilmiy darajaga talabgorlar diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq tayanch doktoranturaga mutaxassisligi bo‘yicha imtihon joriy yil 24 noyabr kuni soat 15.00 da Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi binosida (Islom Karimov ko‘chasi, 15) bo‘lib o‘tadi. |
|
2023 yil uchun “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlarni tavsiya etish boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 iyundagi “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, 2023 yil uchun “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlarni tavsiya etish jarayoni boshlandi. “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi Nizomda fuqarolik jamiyati institutlari, davlat organlari va tashkilotlari ushbu ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha nomzodlarni taqdim etishi mumkinligi belgilangan. Shu munosabat bilan 2023 yil uchun “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga tavsiya etilgan nomzodlarning hujjatlarini 2023 yil 1 oktyabrga qadar Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markaziga taqdim etish mumkin. |
|
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi 2023 – yil uchun oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutiga 12.00.13 – “Inson huquqlari” ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorantura (Phd)ga tanlov asosida qabul e’lon qiladi
Talabgorlar tayanch doktoranturaga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
Hujjatlar http://phd.mininnovation.uz veb – sahifasi orqali joriy yil 15 sentyabrdan 15 oktyabrgacha onlayn qabul qilinadi.
Manzil: Toshkent shahri, 100029, Islom Karimov ko‘chasi, 15 – uy Murojat uchun telefon: 71-239-48-06 Elektron manzil: kengash@nhrc.uz |
|
2022 yil uchun “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlarni tavsiya etish boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 iyundagi “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 3 noyabrdagi qaroriga muvofiq, 2022 yil uchun “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlarni tavsiya etish tadbirlari boshlandi. “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi Nizomga asosan, fuqarolik jamiyati institutlari, davlat organlari va tashkilotlari ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha nomzodlarni taqdim etishi mumkinligi belgilangan. Shu munosabat bilan 2022 yil uchun “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga nomzodlarning hujjatlarini (elektron va asl nusxada) 2022 yil 1 oktyabrga qadar Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markaziga taqdim etish mumkin.
|
|
INSON HUQUQLARI BO‘YICHA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY MARKAZI
12.00.13 - Inson huquqlari (yuridik fanlar, sotsiologiya fanlari) ixtisosligi bo‘yicha mustaqil izlanuvchilikka.
TANLOV E’LON QILADI
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchilikka quyidagilar rasmiylashtiriladi: magistr yoki oliy ma’lumot to‘g‘risidagi (yuridik ixtisoslik bo‘yicha) diplomga ega bo‘lganlar; belgilangan ilmiy maqolalariga ega bo‘lganlar.
Fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchilikka fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki ularga tenglashtirilgan xorijiy mamlakatlarda olingan diplomga ega bo‘lgan, belgilangan tartibda talablarga muvofiq ilmiy daraja olganidan so‘ng salmoqli ilmiy yutuqlarga erishgan shaxslar rasmiylashtiriladi. Mustaqil izlanuvchilikka qabul qilinishga talabgorlar 15 yanvar - 15 fevral, 15 aprel - 15 may, 15 iyun - 15 avgust, 15 oktyabr - 15 noyabr kunlari http://phd.mininnovation.uz veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tib, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazga quyidagi hujjatlarni (Fayl papkaga solingan xolda) taqdim etishlari talab etiladi:
Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarni tanlab olish ixtisoslik bo‘yicha suhbat natijalari va Markaz qabul komissiyasining tegishli xulosasi bo‘yicha amalga oshiriladi. |
|
O‘zbekiston Respublikasining Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturi loyihasi – jamoatchilik muhokamasida
2011 yil 19 dekabrda BMTning Inson huquqlari sohasida ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi deklaratsiyasi qabul qilingan. Inson huquqlari bo‘yicha ta’lim va tarbiya universallik, bo‘linmaslik, o‘zaro bog‘liqlik tamoyillariga muvofiq barcha uchun inson huquqlariga hurmatni rag‘batlantirish, huquq va erkinliklarni ta’minlash uchun fundamental asosga ega. Deklaratsiya davlatlarga inson huquqlari sohasidagi ta’lim va tarbiyani ta’minlash va rag‘batlantirish bo‘yicha asosiy mas’uliyatni yuklaydi. 2004 yil 10 dekabrda BMT Bosh Assambleyasining barcha bo‘linmalarida inson huquqlari sohasidagi ta’limni amalga oshirishga ko‘maklashish maqsadida Inson huquqlari sohasidagi Jahon ta’lim dasturi (keyingi o‘rinlarda – Jahon ta’lim dasturi) e’lon qilindi. BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Boshqarmasi Jahon ta’lim dasturining global darajada muvofiqlashtirishni amalga oshirishga kirishdi. Jahon ta’lim dasturi doimiy amalga oshiriladigan uzluksiz bosqichlardan iborat tashabbusdir. Unda barcha yo‘nalishlarda inson huquqlari sohasidagi ta’limni amalga oshirishga ko‘maklashish maqsadida davlatlar inson huquqlari bo‘yicha ta’limni boshlang‘ich va o‘rta maktab, oliy ta’lim tizimida, o‘qituvchi va targ‘ibotchilar, davlat xizmati, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari va barcha darajadagi harbiylar, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari o‘rtasida singdirib borishlari lozimligi belgilangan. Jahon ta’lim dasturining birinchi bosqichida (2005-2009 yillar) – inson huquqlari bo‘yicha ta’limning boshlang‘ich va o‘rta ta’lim tizimiga integratsiyalashuvini, ikkinchi bosqichida (2010-2014 yillar) – inson huquqlari sohasida oliy ta’lim tizimida ta’limni tashkil etish hamda ushbu sohada o‘qituvchilar, davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari va harbiylarni tayyorlashni; uchinchi bosqichida (2015-2019 yillar) – ikkita bosqichni davom ettirish va ommaviy axborot vositalari xodimlari va jurnalistlarni inson huquqlari sohasida tayyorlash nazarda tutilgan. 2020-2024 yillarda Jahon ta’lim dasturining to‘rtinchi bosqichi amalga oshirilmoqda. Ushbu yangi bosqich yoshlarni tenglik, inson huquqlariga amal qilish va kamsitimaslik ruhida tarbiyalash va inklyuziv, tinch va osoyishta jamiyatni yaratishga imkon beruvchi ta’lim berishga qaratilgandir. O‘zbekiston ham Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon ta’lim dasturida faol ishtirok etmoqda. Shu munosabat bilan inson huquqlari bo‘yicha ta’lim va tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida 2021 yil 7 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlari sohasidagi Jahon ta’lim dasturining to‘rtinchi bosqichini amalga oshirish bo‘yicha Milliy komissiya tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoyishi qabul qilindi. Mazkur farmoyishga muvofiq, Milliy komissiya zimmasiga xalqaro shartnomalar normalari va standartlari, BMTning huquqni himoya qiluvchi tuzilmalari tavsiyalari hamda tarixiy, milliy va madaniy qadriyatlarini inobatga olgan holda, Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini ishlab chiqish vazifasi yuklatildi. O‘zbekiston Respublikasining Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturi hamda uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish maqsadida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi boshchiligida vazirlik va idoralar mutaxassislaridan iborat Ishchi guruh shakllantirildi. Mazkur hujjatlarning dastlabki loyihasi 30 dan ortiq vazirlik, idora va tashkilot, fuqarolik jamiyati institutlari hamda xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari tomonidan kelib tushgan taklif va tavsiyalar asosida ishlab chiqildi va takomillashtirildi. Mazkur hujjat loyihalarini 10-11 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan “Inson huquqlari sohasidagi ta’lim: xalqaro tajriba va milliy amaliyot” mavzusidagi xalqaro konferensiya doirasida muhokama etish hamda yanada takomillashtirish rejalashtirilgan. O‘zbekiston Respublikasining Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 7 ta asosiy yo‘nalishdan iborat. Birinchi yo‘nalish – yoshlarning inson huquqlari sohasidagi xabardorligini oshirish. Ikkinchi yo‘nalish – davlat xizmatchilari uchun inson huquqlari, gender tengligi sohasida ta’lim tizimini takomillashtirish. Uchinchi yo‘nalish – inson huquqlari sohasida pedagog kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish va ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash. To‘rtinchi yo‘nalish – aholining izolyatsiyadagi va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari o‘rtasida inson huquqlari sohasida o‘qitish tizimining samaradorligini oshirish. Beshinchi yo‘nalish – inson huquqlari bo‘yicha ta’lim sohasida fuqarolik jamiyati institutlarining faolligini oshirish. Oltinchi yo‘nalish – zamonaviy texnologiyalar, badiiy asarlar, ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda inson huquqlari sohasida ta’lim va tarbiyani mustahqamlash tizimining samardorligini oshirish. Yettinchi yo‘nalish – inson huquqlari bo‘yicha ta’lim sohasida xalqaro hamqorlikni amalga oshirish. Keng jamoatchilik vakillarining takliflari asosida Milliy ta’lim dasturi va “Yo‘l xaritasi” loyihalarini yanada takomillashtirish maqsadida ushbu hujjatlar matni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining rasmiy sahifasiga joylashtirildi. Jamoatchilik muhokamasi joriy yilning 15 dekabriga qadar davom etadi. Barcha fuqarolar va jamoatchilik vakillari Milliy ta’lim dasturi va “Yo‘l xaritasi” loyihalari yuzasidan o‘z taklif va mulohazalarini info@nhrc.uz elektron pochta manzili orqali yuborishlari mumkin.
Inson huquqlari bo‘yicha |