Ursula Garchek referendum va saylov bo‘yicha monitoring natijalari yuzasidan yakuniy hisobotlarni taqdim qildi

Adliya vazirligida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT)ning Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Delegatsiya rahbari, elchi Ursula Garchek konstitutsiyaviy referendum va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha monitoring natijalari yuzasidan yakuniy hisobotlarni rasmiy taqdim qilish hamda ularda keltirilgan xulosa va tavsiyalarni muhokama qilish maqsadida vazirlikka tashrif buyurdi.  

Uchrashuvda Adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikromov O‘zbekistonda saylov qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab quvvatlash sohasidagi amaliy ishlar haqida mehmonlarga so‘zlab berdi.

EXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi delegatsiyasi rahbari U. Garchek xonim O‘zbekistonda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni e’tirof etishini va mamlakatning demokratik institutlarni rivojlantirish bo‘yicha olib borayotgan ishlarini bundan keyin ham byuro tomonidan keng qo‘llab - quvvatlanishini ma’lum qildi.

Shuningdek, delegatsiya vakillari Adliya vazirligi bilan fuqarolik jamiyatini qo‘llab-quvvatlash sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha yaqindan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.  

       

N.Abduraimova, O‘zA

Powered by GSpeech