Joriy yilda prezidentlik va vakillik organlariga o‘tkaziladigan saylov va referendumlar 64 ta davlatda o‘tkazilishi kutilmoqda.
Saylovlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan davlatlarning aholisi umumiy hisobda 4 milliardga yaqin kishini tashkil etadi, ya’ni bu dunyo aholisining yarmi degani. Ekspert hisob-kitoblariga ko‘ra, ovoz berishda 2 milliarddan ortiq saylovchi ishtirok etadi.
Davlat rahbarlari va parlament a’zolarini saylash uchun eng ko‘p saylovlar Yevropa mintaqasida rejalashtirilgan bo‘lib, ovoz berish kamida 20 ta mamlakatda bo‘lib o‘tadi. Undan keyin Afrika (18 ta davlat), Osiyo (16), Amerika (7) va Okeaniya (4) mintaqalari joy olgan.
30 ga yaqin davlat allaqachon saylovlar tashkil etilishini tasdiqlagan va ovoz berish kunlarini belgilagan bo‘lsa, qolganlarida sanalar aniqlanmoqda. Ma’lumki, kamida 12 ta mamlakatda davlat rahbari va parlament saylovlari bir kunda bo‘lib o‘tadi.
Muhayyo Turdialiyeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA
- Qo'shildi: 22.02.2024
- Ko'rishlar: 2103
- Chop etish