Koreya avtomobilsozlik sanoati uyushmasi tarkibida 6800 ta korxona mavjud bo‘lib, unda 48 000 nafar xodim faoliyat olib boryapti. Koreyaliklar ushbu tarmoqda yana yiliga 3000 nafar ishchiga talab borligini aytib, bu bo‘yicha O‘zbekiston bilan hamkorlik qilish istagida ekanini bildirdi.
Koreyada avtomobilsozlik yo‘nalishi bo‘yicha yiliga 3000 nafar ishchiga talab bor. Bu haqda kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev hamda Koreya Respublikasining Avtomobilsozlik sanoati uyushmasi raisi Kvak Yong Chol o‘rtasidagi uchrashuvda ma’lum qilindi.
O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasida tashkil etilgan mazkur muloqotda ushbu davlat provinsiyalaridagi avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish uyushmalari rahbarlari ham ishtirok etdi.
Uchrashuvda mezbonlar ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini e’tirof etib, mehnat munosabatlari bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan samarali hamkorlikdan mamnun ekanini bildirdi.
Muloqotda Koreya avtomobilsozlik sanoati uyushmasi tarkibida 6800 ta korxona mavjud bo‘lib, unda 48 000 nafar xodim faoliyat olib borayotgani qayd etildi. Koreyaliklar ushbu tarmoqda yana yiliga 3000 nafar ishchiga talab borligini aytib, bu bo‘yicha O‘zbekiston bilan hamkorlik qilish istagida ekanini ma’lum qildi.
Uchrashuv yakunida avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida ishlash istagidagi o‘zbekistonliklarni qisqa fursatlarda ushbu yangi loyihaga qamrab olishga kelishib olindi.
Kun.uz
- Qo'shildi: 07.05.2024
- Ko'rishlar: 1470
- Chop etish