Germaniyada himoya so‘raganlarning aksariyati Ukraina fuqarolaridir. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni mos ravishda Suriya va Afg‘oniston fuqarolari band etgan.
Germaniyada himoyaga muhtoj xorijliklar soni ko‘paydi – o‘tgan yil oxiriga kelib mamlakatda ushbu toifadagi 3,17 millionga yaqin xorijiy fuqarolar rasman ro‘yxatga olingan, deb xabar berdi Federal statistika boshqarmasi 23 may, payshanba kuni. O‘tgan yilga nisbatan o‘sish uch foiz yoki 95 ming kishini tashkil etdi.
Germaniyada himoyaga muhtojlar xalqaro huquqiy, gumanitar yoki siyosiy sabablarga ko‘ra Germaniya hududida istiqomat qiluvchilar hisoblanadi.
Himoyaga muhtojlarning aksariyati Ukrainadan
Germaniyadagi bunday xorijliklarning aksariyati Ukraina fuqarolari (977 ming - 2022 yilga nisbatan minus uch foiz), ular o‘z vatanlarini tark etishga majbur bo‘lganlar.
Ikkinchi va uchinchi o‘rinni mos ravishda Suriya (712 ming, plyus olti foiz) va Afg‘oniston (plyus 13 foiz) fuqarolari egallagan. Ulardan keyin Iroq (200 ming, minus besh foiz) va Turkiya (152 ming, plyus 51 foiz) fuqarolari bormoqda.
Bu besh guruh birgalikda Germaniyada ro‘yxatga olingan, himoyaga muhtoj xorijliklarning deyarli to‘rtdan uch qismini tashkil qiladi.
Kun.uz
- Qo'shildi: 24.05.2024
- Ko'rishlar: 1407
- Chop etish