Buyuk Britaniyadagi Lids universiteti olimlari global isish tezligi bo‘yicha rekord yangilanganini aniqladi, deb yozgan “Lenta.ru”.
Tadqiqot natijasi “Yer tizimi haqidagi fan ma’lumoti” jurnalida chop etilgan va qisqacha tavsiflangan.
Iqlimshunoslar hisobotiga ko‘ra, 2014-2023 yillar oralig‘ida so‘nggi o‘n yil ichida inson ta’siri bilan bog‘liq isish sanoatdan oldingi darajadan 1,19 foiz oshgan. O‘tgan yilgi hisobotda 2013-2022 yillari ayni ko‘rsatkich Selsiy bo‘yicha 1,14 daraja ko‘tarilgani qayd etilgan.
2023 yil davomida inson omili sabab isish Selsiy bo‘yicha 1,3 daraja kuchaygan. Bu holat, odatda, iqlimning tabiiy o‘zgaruvchanligi, jumladan El-Nino ta’siri bilan bog‘liq 1,43 darajalik umumiy isishdan pastroq.
Mutaxassislar ogohlantirishicha, Parij kelishuvi maqsadini anglatuvchi 1,5 daraja chegarasiga erishish uchun zarur uglerod byudjeti taxminan 200 gigatonani tashkil etadi. Bu atigi besh yillik joriy emissiyaga teng.
Iqlimshunoslar fikricha, issiqxona gazi emissiyasi ham yuqori. Ya’ni, yiliga taxminan 53 milliard tonna karbonat angidrid ajraladi. Oltingugurt chiqindisi kamayishi tufayli havo sifati yaxshilanadi, natijada aerozollarning sovutish ta’siri kamayadi.
O‘zA
- Qo'shildi: 20.06.2024
- Ko'rishlar: 1410
- Chop etish