Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi Xalqaro musulmon donishmandlar kengashiga qabul qilindi

Ushbu kengashga Markaziy Osiyo mintaqasida hozirgi kunda faoliyat olib borayotgan koʻplab ulamolar orasidan faqatgina Oʻzbekiston muftiysi aʼzo qilingan.

2024-yil 9-fevral kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Abu Dabi shahrida boʻlib oʻtayotgan Musulmon donishmandlar kengashi yigʻilishida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari ushbu Kengashga qabul qilingani eʼlon qilindi.

Musulmon donishmandlari kengashi raisi, Misr Arab Respublikasi Bosh imomi, al-Azhar majmuasi rahbari Shayx Ahmad Toyyib janoblari Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarini ushbu nufuzli kengash aʼzoligiga qabul qilish haqidagi qarorni oʻqib eshittirdi. Ahmad Toyyib janoblari oʻz soʻzida Markaziy Osiyo mintaqasida hozirgi kunda faoliyat olib borayotgan koʻplab ulamolar orasidan faqatgina Oʻzbekiston muftiysi aʼzo qilinganiga alohida urgʻu qaratdi.

Yigʻilishda ishtirok etayotgan dunyoning yetakchi va taniqli ulamolari Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarini Musulmon donishmandlar kengashiga qabul qilinganlari tarixiy voqea boʻlganini taʼkidlab, yurtimizdagi diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlarni yuksak eʼtirof etdi.

Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining Musulmon donishmandlar kengashiga qabul qilinganlari yurtimizda davlatimiz Rahbari rahnamoliklarida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlarning yuksak eʼtirofi boʻldi.

“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati

Powered by GSpeech