Oʻzbekistonga 10 dona brayl alifbosida chop etilgan Qurʼoni Karim tafsiri taqdim etildi

Kitoblar Oʻzbekiston Koʻzi ojizlar jamiyatiga taqdim etiladi.

Saudiya Arabistonidagi vatandoshimiz Abdullatif Andijoniy Oʻzbekistondagi koʻzi ojiz shaxslar uchun 10 dona brayl alifbosida chop etilgan Qurʼoni Karimning tafsirini taqdim etdi, deb xabar qildi “Dunyo” AA.

Abdullatif Andijoniy mazkur muqaddas kitoblarni Oʻzbekistonning Jidda shahridagi Bosh konsulxonasiga mamlakatimizga yetkazib berish uchun topshirdi.

Mazkur begʻaraz yordam shaklida berilgan kitoblar 26x36 hajmdagi 20 dona qutilarga joylashtirilgan. Mamlakatimiz diplomatik vakolatxonasi koʻmagida kitoblar Oʻzbekiston Koʻzi ojizlar jamiyatiga taqdim etiladi.

“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati

Powered by GSpeech