Agentlik ma'lumotlariga ko'ra, hujjat 25 nafar parlament a'zosi tashabbusi bilan ilgari surilgan. Qonun loyihasi tashabbuskori deputat Marlen Mamataliyevning ta'kidlashicha, hayotda og'ir ahvolga tushib qolgan fuqarolar ko'pincha ekstrasens va sehrgarlarga murojaat qilishadi, ular o'zlarining g'ayritabiiy qobiliyatlari yordamida muammolardan xalos bo'lishlarini kafolatlaydi. Qonun loyihasi fuqarolar ongini manipulyatsiya qilishni to'xtatish uchun ishlab chiqilgan.
Marlen Mamataliev 2023-yil noyabr oyida qonun loyihasi tashabbusi bilan chiqqan.
Qonun loyihasi kuchga kirishidan oldin uch o'qishda ma'qullanishi kerak. Shundan so'ng imzolash uchun prezidentga yuboriladi.
Qonun prezident tomonidan imzolanganidan keyin kuchga kiradi, deb xabar beradi report.az.
“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati