Tegishli bitim ikki davlat rahbarlari tomonidan 2022 yil 22 dekabr kuni Toshkent shahrida imzolangan.
Qozog‘iston O‘zbekiston bilan ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi, deb xabar beradi Zakon.kz.
«Davlat rahbari «Qozog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risida»gi Qozog‘iston Respublikasi qonunini imzoladi», — deyiladi Oqo‘rda xabarida.
Avvalroq, 25 aprel kuni Senat deputatlari Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilgan edi.
Tegishli bitim ikki davlat rahbarlari tomonidan 2022 yil 22 dekabr kuni Toshkent shahrida imzolangan.
Hujjat siyosiy, savdo-iqtisodiy, tranzit-transport, energetika, madaniy-gumanitar sohalarda, fuqaro mudofaasi va energetika yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan bo‘lib, xalqaro maydonda o‘zaro aloqalarni mustahkamlashni nazarda tutadi.
Shartnoma bandlariga muvofiq, tomonlar ikki davlat parlamentlari, siyosiy partiyalari va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga yordam beradi.
Shuningdek, terrorizm, diniy ekstremizm va separatizm, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, kiberjinoyatchilik, noqonuniy migratsiya, odam savdosi, noqonuniy savdo, shu jumladan, xavfsizlikka oid yangi chaqiriq va tahdidlarga qarshi kurashish masalalarida tashqi siyosat, mudofaa va xavfsizlik sohalarida yaqindan hamkorlik qilish ko‘zda tutilgan.
Kun.uz
- Qo'shildi: 21.05.2024
- Ko'rishlar: 1348
- Chop etish