Migratsiya agentligi Qozog‘istonda bo‘lib turgan va tranzit yo‘nalishda harakatlanayotgan O‘zbekiston fuqarolarini ogohlikka chaqirdi.
Agentlik tomonidan Qozog‘istonning turli hududlarida mehnat faoliyatini amalga oshirib, vatanga qaytish vaqtida ishonchsiz avtotransport vositalari va haydovchilar xizmatidan foydalanmaslik so‘raldi.
Aniqlanishicha, avtohalokatlarning asosiy qismi nosoz avtomobil yoki tajribaga ega bo‘lmagan haydovchilar tufayli sodir bo‘lmoqda.
Shu munosabat bilan, ushbu davlatda bo‘lib turgan hamda katta trassalarda harakatlanayotgan O‘zbekiston fuqarolaridan yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish, xavfsiz transport vositalaridan foydalanish, ishonchli avtotransport vositasi va haydovchilar xizmatidan foydalanish tavsiya etildi.
Kun.uz
- Qo'shildi: 09.09.2024
- Ko'rishlar: 794
- Chop etish