Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak “ITV News” telekanaliga bolalikda boshidan kechirgan irqchilik va sobiq hamkasbi Boris Jonson haqida gapirib berdi.
Sunak Jonsonning Vazirlar Mahkamasiga qaytish yoki qaytmasligini ochiqlamagan, ammo bir paytlar u bilan birga amalga oshirgan ishlaridan g‘ururlanishini bildirib, o‘tgan yil oxirida ko‘rishganini aytgan.
Rishining irqchilikdan aziyat chekishi ota-onasini ham tashvishlantirgan, shu sababli u talaffuzida kamchiliksiz gapirishga harakat qilgan.
– Men, ukam va singlim restoranga, ovqatlanish joyiga kirganimizda odamlar qandaydir yoqimsiz gaplarni aytishardi, bu odamga og‘ir botardi, – degan Bosh vazir.
Qo‘shimcha qilishicha, Rishi Sunak etnik ozchilikdan chiqib, hukumat boshlig‘i lavozimigacha ko‘tarilganini hech qachon o‘ylamagan.
O‘zA
- Qo'shildi: 09.02.2024
- Ko'rishlar: 1937
- Chop etish