Buyuk o‘zbek yo‘li
Mehr — gul, mehr — xazina, mehrli odam esa eng sevimli odam, deyiladi muborak kitoblarda. Shohdir, gadodir, mehrni qo‘msamaydigan, mehrga beehtiyoj bandai mo‘min bo‘lmasa kerak bu yorug‘ olamda. Buloq suvidek musaffo mehr qalblarni shodlikka burkaydi, yuraklarni go‘zallik va erkinlikka, ahillik va samimiylikka, halollik va botirlikka da’vat etadi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan ayrim kishilarda esa toza mehr va samimiy e’tiborga sog‘inch va tashnalik, ayniqsa, kuchli bo‘ladi. Shu bois, albatta, o‘zini, millatini hurmat qilgan mamlakatlarda ehtiyojmand insonlarga alohida mehr-muhabbat ko‘rsatiladi, g‘amxo‘rlik qilinadi, imtiyozlar yaratiladi.
Biz, afsuski, uzoq yillar shu tugal haqiqatga e’tibor bermadik, muhtojlar mehrimizga intiq, zor bo‘lib umr guzaronlik qilishga majbur bo‘ldi. Yalang‘ochlik odamlarni uyga kirgizdi, ochlik ko‘cha kezdirdi. Nogironlar qatoriga oila tebratishga qurbi kelmaydigan kambag‘allar qo‘shildi, ishsiz ko‘chada qolgan yoshlar qo‘shildi, qizlar qo‘shildi, ayollar qo‘shildi.
Avval ming, keyin millionlarga aylanib ketdi ularning safi. Tumanli turmush tashvishlari xorijga yetaklab ketdi ko‘pларнi, gulday qizlarimiz allakimlarning bo‘sag‘asini supurdi, kirini yuvdi, qozon-tovog‘ini artdi, kamsitildi, xo‘rlandi.
2016 yilning adog‘iga dovur zim-ziyo tun misoli dillarni ezib-ezg‘ilab yotgan bu ayanchli manzara 2017 yilning boshidan e’tiboran sekin-asta o‘zgara boshladi. Shavkat Mirziyoyevning iqtidorga kelishi yorug‘lik ulashdi, nur ulashdi, umid uyg‘otdi umidsiz qalblarda. Prezident birinchi qadamlarini o‘zbek xalqi uchun suv va havo kabi zarur masala — aholini ijtimoiy himoya qilish muammosiga qaratdi. Buning uchun, birinchi navbatda, ishsizlikni kamaytirish lozim edi. Ishsizlikni kamaytirish uchun ish o‘rni yaratish, ish o‘rni yaratish uchun tomlari teshilib, uskunalari zanglab ketgan sanoat korxonalari o‘rnida zamonaviylarini bunyod etish, bunyod etish uchun mamlakatga xorijdan investitsiya kiritish, investitsiya kiritish uchun chet ellik tadbirkorlar, jahon miqyosidagi e’tiborli bank va moliya tizimlari ishonchini qozonish...
Eski arqon kabi chuvalanib yotgan bir-biridan murakkab va besanoq bunday tugunlarni yechmay turib maqsadga erishish qiyin. Vaqt tez, zamon shiddatli. Har nafas, har kun g‘animat. Har nafas, har kundan bir emas, ikki emas, besh-o‘n karra samarali foydalanish, natijaga erishish lozim. Kun talabi shunday, hayot talabi shunday.
Prezident xonada o‘tirmadi, boshqa vaziru vuzarolarni ham kabinetdan chiqib, xalq ichiga kirishga chorladi. Joylarda Prezident qabulxonalari tashkil etildi. “Temir daftar”, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari” singari tamomila yangi tizimlar paydo bo‘ldi. Tadbirkorlik, bandлiк, kambag‘allikdan chiqarishga katta mablag‘ ajratildi. Yosh avlod qalbi va ongiga ona yurtga muhabbat va sadoqat, tinch va osoyishta hayot qadriga yetish hamda shukronalik tuyg‘ularini chuqur singdirish maqsadida nuroniylar, imom-xatiblar, mahalla faollaridan iborat oqsoqollar kengashi va ota-onalar guruhlari tuzildi. Joylarda, mahallalarda ko‘cha xizmatlari ko‘paytirildi. Odamlar tomorqada, xonadonida ishlab, daromad topishni o‘rgandi. Qaddi tik, bilagi baquvvat yigitlarga gektarlab yer berildi.
Singapur, BAA, Xitoy kabi mamlakatlar bundan 50-60 yil avval aynan shunday yo‘l tutgan edi. Yer va mulkka egalik huquqi berilishi odamlarga kuch berdi, ertangi kunga ishonch bag‘ishladi. O‘zbekiston tashabbuslar, yangiliklar maydoniga aylana boshladi. Bugun, oradan 6-7 yil o‘tganidan so‘ng, ochig‘ini aytish kerakki, bunday harakatlardan natija chiqishiga ishongandan ko‘ra ishonmaganlar, shubhalanganlar ko‘p edi o‘sha vaqtlarda...
***
Donishmand Sharqda bunday hikmatli so‘z bor: “Podsho odil bo‘lsa, yurt o‘zar”.
Ham odil, ham elsevar Karvonboshining mehri esa muzliklarni — tosh юракларнi eritishi, jamiyatni o‘zgartirishi, xalqni uyg‘otishi, to‘lqinlantirishi, ruhlantirishi, izlashga, yaratishga ilhomlantira olishi mumkinligi juda qisqa muddat — bor-yo‘g‘i 6-7 yilda o‘z isbotini topdi.
Ijtimoiy daftarlar tufayli ming-mingлаб ayolu erkak ishli, uyli-joyli bo‘ldi, xotirjam bo‘ldi. Chekka o‘lkalarda sargardon, xo‘rlanib yurgan yigit-qizlar oila bag‘riga, ota-ona quchog‘iga qayta boshladi. Kechagina mensimay yurganlar endi mamlakatimizdagi o‘zgarishlardan hayratga tushib turibdi. Axir 2020 yilda 7,5 million yoki 23 foiz aholining daromadi kambag‘allik darajasidan ham past bo‘lgan holda, bu ko‘rsatkich 2023 yilga kelib 11 foizga tushishi yoki o‘tgan uch yilda 3,5 million odamning kambag‘allikdan qutulishi kimni hayratlantirmaydi deysiz! Shunga mutanosib ijtimoiy himoya qamrovi 4,5 karra kengaytirilib, bir yilning o‘zida 12,3 trillion so‘mga yetdi. Pensiya va nafaqalar miqdori ham 1,5 baravar ko‘paydi.
Endi bir yil ichida amalga oshirilgan mana bu raqamlarga e’tibor beraylik: mahallada kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlik loyihalariga 35 trillion so‘m arzon kredit, 7 trillion so‘m subsidiya berildi. Mahallalarni obod qilish, bog‘cha, maktab, tibbiyot, yo‘l, suv va elektr infratuzilmasi uchun 120 trillion so‘m ajratildi. 260 ming gektar yer 800 ming aholiga dehqonchilik qilib, daromad topish uchun tarqatildi.
Natijada 2020 yildan buyon 3 milliondan 5 million so‘mgacha oylik oladigan ishchilar 2 barobar, 5 milliondan 7 million so‘mgacha oylik oluvchilar esa 3 barobar ko‘paydi. Bir yil ichida 3 million 300 ming aholi doimiy daromadga ega bo‘ldi. Kambag‘allar soni har yili 3 foizdan qisqarib, rasman band bo‘lganlar soni ilk bor 10 million 500 ming nafarga yetdi.
“Inson — jamiyat — davlat” tamoyili asosida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi qabul qilingani va unga ko‘ra, 2025 yilda 1 million aholini kambag‘allikdan chiqarish va kambag‘allik darajasini sezilarli tushirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilangani esa kishini yanada quvontiradi.
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasida mamlakatimiz YAIM hajmini 160 milliard dollarga yetkazish maqsad qilib qo‘yilgan edi. Davlatimiz rahbari 20 dekabr kuni faol tadbirkorlarimiz bilan uchrashuvda bu yil mamlakatimiz iqtisodiyoti 6,3 foizga oshib, 111 milliard dollardan ko‘payganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Agar shunday sur’at jadal davom ettirilsa, 2030 yilga borib mamlakatimiz iqtisodiyoti hajmini 200 milliard dollarga yetkazish salohiyati mavjudligi юракларнi iftixor tuyg‘ulariga burkaydi.
Islohotlar va tub o‘zgarishlar shiddatli tarzda davom etayotgan, yangilik va tashabbuslar qo‘rg‘oniga aylanayotgan yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessans g‘oyasi dunyoga keldi. Jahonning eng nufuzli anjumanlari, davlat rahbarlari uchrashuvlari, dunyo muammolariga doir xalqaro majlisu mashvaratlar o‘tkaziladigan bo‘ldi qadimiy Samarqandu Toshkent, Buxoroyu Xivada. O‘zbekiston darvozalari dunyoga, dunyo darvozalari O‘zbekistonga keng ochildi. Do‘stlarimiz, hamkorlarimiz safi kengayaverdi.
Shu o‘rinda ayrim fakt va voqealarni eslaylik. E’tibor bering, so‘nggi 7 yilda O‘zbekiston tashabbuslari asosida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 10 dan ziyod rezolyutsiya qabul qilindi. 26 fevral kuni BMTning Nyu-York shahridagi bosh qarorgohida Bosh Assambleya tomonidan “2027 yil — Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yili” rezolyutsiyasining bir ovozdan ma’qullangani shularning biridir. O‘zbekiston ilgari surgan ushbu hujjatga 80 dan ortiq a’zo mamlakat hammualliflik qildi.
Prezidentimizning Jahon sayyohlik tashkiloti Bosh Assambleyasining 2023 yil oktyabrda Samarqandda bo‘lgan сyeссiясida turizm sohasining yangi muammolar va zamonaviy xatarlar oldida barqarorligi hamda moslashuvchanligi borasida bildirgan фiкрларiga asoslangan mazkur hujjatda turli sivilizatsiyalar davrida yaratilgan madaniy merosni asrash, tinchлiк va bag‘rikenglikni mustahkamlash, xalqlarning qadriyatlarini hurmat qilish singari jahonshumul fikrlar bayon qilindi. Ekspertlar bu rezolyutsiyani turizm sanoatining global darajada yangi bosqichga ko‘tarilishiga sabab bo‘lgan qimmatli hujjat deya baholadi.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining 9 avgust kuni bo‘lib o‘tgan Maslahat uchrashuvida Markaziy Osiyoni barqaror rivojlantirish dasturi o‘rtaga tashlandi. Transchegaraviy daryolarning suv рyeсuрсларidan oqilona foydalanishning mintaqaviy strategiyasini ishlab chiqish va qabul qilish taklifi bildirildi. Mazkur g‘oyalarning muallifi ham O‘zbekiston edi, O‘zbekiston Prezidentining nafaqat O‘zbekiston, balki dunyo ahliga bo‘lgan beadoq mehru muhabbati edi.
***
Musaffo buloqlardan suv ichgan chinorlar azamat qoyalardek baquvvat bo‘ladi. Mehr bulog‘idan suv ichgan qalblar esa azim daryolar singari quvonch tuyg‘ulariga to‘lib-toshadi, lojuvard tovlanadi.
Quvonch bilan aytish joizki, Osiyoning Yaponiya, Janubiy Koreya, Tayvan kabi mamlakatlarida bo‘lganidek, ijtimoiy adolat modellari O‘zbekistonda ham davlat siyosatiga aylandi.
Bu tamoyil O‘zbekiston Констiтuцiясiнiнг 14-moddasida alohida belgilab qo‘yilgan: “Davlat o‘z faoliyatini inson farovonligini va jamiyatning barqaror rivojlanishini ta’minlash maqsadida qonuniylik, ijtimoiy adolat va birdamlik prinsiplari asosida amalga oshiradi”.
Lekin har qanday g‘oya izchillik bilan hayotga tatbiq etilmasa, u faqat jozibali shior sifatida qolib ketaverishi mumkin. Ming qatla shukrlar bo‘lsinki, Prezidentimiz muttasil ravishda, izchillik bilan bu ishlarga o‘zi bosh-qosh bo‘lib turibdi. Ijtimoiy yordamga ehtiyojmand insonlarga ko‘rsatilayotgan behad izzat-ikromni har kuni ko‘rib, his etib turibmiz.
Shu yilning 13 dekabrida ijtimoiy himoya sohasidagi ishlar natijadorligi va 2025 yil uchun ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari yana bir karra mazkur masalaga yanada chuqurroq yondashish, yordamga muhtoj vatandoshlarimizga har doimgidan-da ko‘proq mehribonlik qilish lozimligini ta’kidladi. Ijtimoiy davlat tamoyili muntazam ravishda hayotimizda o‘z ro‘yobini topayotgani uchun, albatta, mehr va ko‘mak tizimi quvonchli natijalar bermoqda.
Fikrimiz quruq bo‘lmasligi uchun ayrim raqamlarga murojaat qilamiz. 2024 yilda yurtimizning barcha hududlarida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari ochildi va mahallalarda 102 ta ijtimoiy xizmat yo‘lga qo‘yildi. Ijtimoiy xodimlar uyma-uy yurib, yana 95 ming muhtoj odamga ijtimoiy yordam ko‘rsatdi, nogironligi bor 26 ming fuqaroga protezlar berildi, 4 mingga yaqin yolg‘iz keksaga uyda parvarishlash xizmati tashkil etildi.
Shu bilan birga, nogironligi bo‘lgan 5 mingga yaqin bola maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablarga joylashtirildi. 30 ming bola bog‘cha, to‘garak va kasbga o‘qitish bilan qamrab olindi. 45 ming muhtoj fuqaroga tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Kambag‘al oila farzandlarini chet tili, IT va kasb-hunarga o‘qitish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratildi. Kelgusi yil 1 martgacha to‘garaklar ochish orqali kambag‘al oilalardagi 118 ming yoshni o‘qitish belgilandi. 2025 yilda 3,5 ming yosh oliygohlarga grant asosida qabul qilinadi. Nogironligi borlarga beriladigan protez va reabilitatsiya vositalari ro‘yxati 18 tadan 30 taga, mablag‘i esa 1,5 baravar oshiriladi va shu tariqa 100 ming odamning ehtiyoji ta’minlanadi. Ushbu ro‘yxatga yana 7 turdagi vosita qo‘shiladi.
Nogironligi bor shaxslar jamiyatimizning to‘laqonli a’zosi sifatida ishonch va umid bilan yashashi yo‘lida qilinayotgan ishlarning qamrovi bular bilan cheklanmaydi.
Endi har bir tumanda bittadan bog‘chada inklyuziv ta’lim guruhi ochiladi. Harakati cheklangan bolalarning maktabga kelib-ketish xarajatining 75 foizini qoplash tizimi joriy etiladi. 1 sentyabrgacha 954 ta maktabda inklyuziv sinf tashkil qilinib, yana nogironligi bor 1800 bolaning o‘qishiga sharoit yaratiladi.
1 yanvardan nogironligi bo‘lgan ishchilarga ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilanadi. Korxonalarga surdo tarjimon, psixolog va ko‘zi ojizlarga hamrohlik xizmati xarajati uchun 50 million so‘mgacha subsidiya ajratiladi. Bunday odamlarni ishga joylashtirgan xususiy bandlik kompaniyalariga 500 million so‘mgacha grant beriladi.
Yaqingacha muhtoj aholi turli ijtimoiy xizmat va yordamlarni olish uchun mahalliy hokimliklar yoki mahalliy idoralarga borishi, o‘nlab hujjat yig‘ishi, bir necha joyga murojaat qilishi shart edi. Bunday qog‘ozbozlik va sarsongarchiliklarga ham chek qo‘yiladi. Mamlakatimizda ilk bor ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish maqsadida “Yagona milliy ijtimoiy himoya” AT tarkibida “Inson” AT va Ye-sasye elektron modullari ishlab chiqildi. Shu yilda 3,6 million shaxs ijtimoiy markazlar tomonidan qamrab olinib, ularga 1,9 millionta ijtimoiy xizmat ko‘rsatiladi.
Shu paytgacha 10 dan ortiq hujjat olib yurishga majbur bo‘lgan nogironligi borlarga endi bularning o‘rnini bosadigan “ijtimoiy karta” joriy etiladi. U bilan jamoat transportida bepul yurish, elektr, gaz va o‘qish xarajatiga kompensatsiya olish mumkin. Nafaqa va yordam pullari ham shu kartaga tushadi. Bundan tashqari, yana 72 turdagi ijtimoiy xizmat, 76 turdagi yordam va 200 ga yaqin imtiyoz yagona elektron tizimda umumlashtiriladi, har bir oilaning ehtiyoj va imkoniyatlarini aks ettiradigan “ijtimoiy raqamli pasport”i joriy etiladi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj, eshitish va nutqida nuqsoni bor insonlar jamiyatning to‘laqonli a’zosiga aylanishi hamda hayotda o‘z o‘rnini topishiga yordam berish yo‘nalishida ham qator ibratli yumushlar amalga oshirilmoqda. Shunday insonlarning savodxonligini oshirish, huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida 2022 yilda Prezidentimizning “O‘zbek imo-ishora tili va Brayl alifbosini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilingan edi. Mazkur qarordan so‘ng Toshkentdagi Vebster universitetida 6 oylik bepul imo-ishoralar kurslari tashkil etildi, ularga bepul darsliklar tarqatildi.
Kar bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarga malakali пyedaгоглар tayyorlash, ularga metodik jihatdan amaliy yordam ko‘rsatish, eshitish va gapirishda nuqsoni bor insonlar bilan to‘siqsiz muloqot qilish, imo-ishora tilida so‘zlashish kabilarga alohida e’tibor berilmoqda.
Har bir quvonchli o‘zgarish, har bir yangilik minglab, millionlab odamlarning ruhiyatini ko‘taradi, ilhomlantiradi. Bunday savobli yumushlarni o‘lchash yoxud tarozida tortib ko‘rish mumkin emas.
Muhimi shuki, har bitta raqam zamirida ming-minglab hamyurtlarimiz rozi-rizoligi, ertangi kunga ishonchi, ona vataniga muhabbati ufurib turibdi. Davlatning xalqimizga bo‘lgan shaffof mehridan iborat musaffo buloqlari esa kunu tun qaynamoqda.
Abdusaid KO‘CHIMOV,
senator
- Qo'shildi: 27.12.2024
- Ko'rishlar: 626
- Chop etish