Agar hozirgi o‘zgarishlar davom etsa, yahudiylar o‘z millati haqida ochiq e’lon qilishi xavfli bo‘ladi, deydi Tel-Aviv universiteti va ADL tashkiloti ekspertlari.
2023 yil oktyabr oyida HAMASning Isroilga hujumidan so‘ng, dunyo Ikkinchi jahon urushidan beri eng katta antisemitizm to‘lqinini boshdan kechiryapti. Bu xulosalar Tel-Aviv universiteti va Anti-Defamation League (ADL, «Diffamatsiyaga qarshi liga») Amerika tashkiloti tomonidan 5 may, yakshanba kuni chop etilgan qo‘shma tadqiqotida keltirilgan.
Hujjatda qayd etilganidek, voqealarning bunday rivojlanishi Yaqin Sharqdagi mojaro avj olishi yangi bosqichi boshlanishidan oldin ham kutilgan edi, biroq aynan keskinlashuv «olovning yanada kengayishiga» olib keldi.
Mutaxassislar o‘z xulosalarini 2023 yil uchun dunyoning bir qator mamlakatlari ma’lumotlariga asoslanadi. Mualliflar davlat idoralari, yahudiy tashkilotlari va ommaviy axborot vositalaridan olingan ma’lumotlarni taqqoslab, yahudiy diasporalari katta bo‘lgan ko‘plab mamlakatlarda, jumladan, AQSh, Fransiya va Britaniyada o‘tgan yilga nisbatan antisemitizm hodisalari soni sezilarli darajada oshganini qayd etdi.
AQSh va Germaniyada antisemitizmning namoyon bo‘lishi
Xususan, 6 millionga yaqin yahudiy istiqomat qiladigan Qo‘shma Shtatlarda 2023 yilda 7500 mingta bunday holat qayd etilgan bo‘lib, ularning aksariyati oktyabrdan dekabrgacha, ya’ni HAMASning Isroilga hujumidan keyin sodir bo‘lgan. Taqqoslash uchun, 2022 yilda Qo‘shma Shtatlarda 3700 ga yaqin ana shunday voqea sodir bo‘lgan.
Germaniyada tadqiqotchilar 2023 yilda antisemitizmning 3600 ta holatini sanab chiqdi. 2024 yilda ularning soni 2600 tani tashkil etdi.
«Agar bu tendensiya davom etsa, yaqin orada yahudiylarning ko‘plab G‘arb davlatlarida xavfsiz holda o‘z millatini ifoda etishi imkonsiz bo‘lib qoladi», deb xulosa qilinadi tadqiqot. Mualliflarning ta’kidlashicha, zamonaviy antisemitizmga qarshi kurashdagi asosiy qiyinchiliklardan biri shundaki, u o‘ta o‘ng va o‘ta so‘l tarafdorlar orasida, hatto jamiyatning o‘rta qatlamlari vakillari orasida ham uchraydi.
Isroil-Falastin mojarosi
7 oktyabr kuni ertalab HAMASning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarshi «Al-Aqso to‘foni» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi. G‘azo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.
HAMASning bildirishicha, operatsiya bosib olingan Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kirish va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zo‘ravonligi kuchayib borayotganiga javoban amalga oshirilgan.
Bunga javoban Isroil armiyasi G‘azo sektorida HAMASga qarshi o‘nlab qiruvchi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qilichlar» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi.
Isroil-Falastin mojarosi avj olgandan beri 34 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘ldi. Isroilda qurbonlar soni 1400 dan oshadi. G‘azoning 2,3 million aholisi Isroilning havodan ommaviy bombardimon qilishi va eksklavning to‘liq blokadasi tufayli oziq-ovqat, suv va dori-darmonlar tanqisligidan aziyat chekmoqda.
Kun.uz
- Qo'shildi: 06.05.2024
- Ko'rishlar: 1334
- Chop etish