Tojikistonliklar O‘zbekistonga tashrif bo‘yicha yaqqol yetakchiga aylandi

Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida 6,6 mln. nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Eng ko‘p sayyoh Tojikistondan kelgan - 2,1 million kishi. 

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,4 mln. nafarga yoki 26,6 foizga oshgan.

O‘zbekistonga 2023-yilda eng ko‘p qaysi davlatlarning fuqarolari turistik maqsadda tashrif buyurgan?

Tojikiston – 2155,2 ming nafar

Qirg‘iz Resp.– 1757,1 ming nafar

Qozog‘iston – 1333,3 ming nafar

Rossiya – 714,3 ming nafar

Turkiya – 106,5 ming nafar

Turkmaniston – 100,3 ming nafar

Xitoy – 42,5 ming nafar

Hindiston – 45,5 ming nafar

Janubiy Koreya – 37,1 ming nafar

Germaniya – 29,6 ming nafar

Italiya – 25,6 ming nafar

AQSh – 23 ming nafar

Fransiya – 18,6 ming nafar

Buyuk Britaniya – 16,2 ming nafar

Ispaniya – 15,2 ming nafar

Belarus – 15,1 ming nafar

Ozarbayjon – 14,7 ming nafar

Yaponiya – 12,4 ming nafar

Xabar.uz

Powered by GSpeech