Xitoyning YuWa Aholishunoslik tadqiqot institutining tahlillariga ko‘ra, Xitoy bola parvarishi uchun dunyodagi eng qimmat joylardan biri hisoblanadi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Hisobotda keltirilishicha, bola tug‘ilgandan 17 yoshgacha xarajatlar taxminan 74,800 dollar, bakalavriat darajasida qo‘llab-quvvatlash uchun 94,500 dollarni tashkil qiladi. Mamlakatda 18 yoshgacha bo‘lgan bolani tarbiyalash xarajati aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotidan 6,3 baravar yuqori. Taqqoslash uchun, Avstraliyada xarajat aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotdan atigi 2,08 baravar, Fransiyada 2,24 baravar, AQSHda 4,11 baravar va Yaponiyada 4,26 baravar ko‘p.
Xitoy iqtisodiyoti 2023-yilda 5,2 foizga o‘sdi. Ammo mamlakat ko‘chmas mulk bozoridagi rekord darajadagi pasayish, yoshlar o‘rtasidagi ishsizlikning o‘sishi kabi muammolarga duch kelmoqda.
- Qo'shildi: 23.02.2024
- Ko'rishlar: 2005
- Chop etish