Xitoy rivojlanayotgan mamlakatlar tomonida turadi, ushbu davlatlarning qonuniy huquqini himoya qilish ustida ish olib boradi, deb bayonot berdi XXR tashqi ishlar vaziri Van I BMT Bosh Assambleyasi 78-sessiyasi raisi Dennis Frensis bilan uchrashuvda.
“Xitoy teng huquqli va tartibli ko‘p qutblilik hamda inklyuziv iqtisodiy globalizatsiya tarafdori, rivojlanayotgan mamlakatlarning vakilligi va ovoz berish huquqini kengaytirishga harakat qiladi” deyilgan mazkur bayonotda.
O‘zA
- Qo'shildi: 31.01.2024
- Ko'rishlar: 1969
- Chop etish