Yashil qit’aning Janubiy Avstraliya mintaqasida 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar ijtimoiy tarmoqdan foydalanishi taqiqlanishi mumkin. Bunday reja Oliy sud sobiq sudyasi Robert French tomonidan tayyorlangan, ayni masala bilan bog‘liq huquqiy muammo tahlil qilingan hisobotda aks etgan. Xabarni “News.com.au” tarqatgan.
Hujjat shunday mazmundagi qonun loyihasini ham ko‘zda tutadi.
Muzofot bosh vaziri Piter Malinauskas fikricha, ushbu qadam avstraliyaliklarning ruhiy salomatligiga halokatli zarar yetkazayotgan salbiy holatni taqiqlashga olib boradi. U barcha shtatlarni hisobotni qabul qilishga chaqirdi.
Qonun loyihasida 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar ijtimoiy tarmoqqa kirishini taqiqlash va mazkur toifa uchun muayyan platformada akkaunt yaratgan kompaniyalarga jarima solish belgilangan. Bolalar ijtimoiy tarmoqdan foydalanishi uchun ota-onaning ruxsati lozim bo‘ladi.
Hujjat avval Janubiy Avstraliya parlamentiga, so‘ngra boshqa shtatlar parlamentlariga yuborilishi kutilyapti.
O‘zA
- Qo'shildi: 10.09.2024
- Ko'rishlar: 864
- Chop etish