Yanvar oyi davomida G‘azoga yuborilishi mo‘ljallangan insonparvarlik yordamining yarmidan ko‘pi manzilga yetmagan, deyiladi BMT Gumanitar masalalarni muvofiqlashtiruvchi boshqarmasi e’lon qilgan ma’ruzada.
“Yanvarda Isroil hukumati G‘azo sektori shimoliy qismiga jo‘natilishi rejalashtirilgan gumanitar karvonning 56 foizini to‘xtatib qo‘ygan, markaziy tumanlarga esa insonparvarlik yukining 25 foizi bormagan”, – deyiladi hujjatda.
Avvalroq mazkur boshqarma G‘azo aholisining 75 foizi, ya’ni 1,7 milliondan ziyod kishi uyini tark etib, boshqa joyga ko‘chganini ma’lum qilgandi. Ular suv, oziq-ovqat, dori-darmon yoki boshpana yetishmasligi bilan bog‘liq muammoga duch kelmoqda.
O‘zA
- Qo'shildi: 07.02.2024
- Ko'rishlar: 1689
- Chop etish