Koronavirusdan olingan saboq unutilishi mumkin, chunki dunyo e’tibori boshqa inqirozlarga qaratilgan, insoniyat yangi pandemiyalarga tayyor emas, deb bayonot berdi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adxanom Gebreyesus.
– COVID-19 pandemiyasidan olgan og‘riqli sabog‘imiz unutilish xavfi ostida, – dedi JSST rahbari Dubayda bo‘lib o‘tgan Jahon hukumatlari sammitida. – Zero, e’tiborimiz dunyo yuzma-yuz kelayotgan boshqa ko‘plabinqirozlarga qaratilmoqda.
Agar xalqaro hamjamiyat saboqdan zarur xulosa chiqarmasa, kelgusi pandemiyada juda qimmat to‘lov berishga majbur bo‘ladi. Gap yangi pandemiya paydo bo‘lishi yoki bo‘lmasligida emas, balki bunday voqea qachon ro‘y berishida. Yangi pandemiyani gripp virusi keltirib chiqarishi mumkin. Hozirgi holatda dunyo kelgusi “X” kasalligiga yoki navbatdagi pandemiyaga tayyor emas. Agar shunday holat ertaga kuzatilsa, dunyo COVID-19 davrida yuzma-yuz kelgan muammoga yana duch kelgan bo‘lardi.
Gebreyesus mamlakatlarni pandemiyaga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha xalqaro kelishuv ishlab chiqishda yakdillik ko‘rsatishga chaqirdi.
Dubayda bo‘lib o‘tgan Jahon iqtisodiy anjumanida ehtimoliy qurbonlar soni bo‘yicha koronavirus pandemiyasidan 20 barobar og‘irroq kechishi kutilayotgan “X” kasalligi muhokama qilindi. Ekspertlar ta’kidlashicha, “X” atamasi ko‘p yillardan buyon mavjud, biroq xastalik qanday jihatlarga egaligi, o‘lchami qay darajadaligini hech kim bilmaydi.
O‘zA
- Qo'shildi: 14.02.2024
- Ko'rishlar: 2050
- Chop etish