Olma ota shahridagi Quruqlikdagi qo‘shinlar harbiy institutida “Aybin” xalqaro harbiy-vatanparvarlar yig‘ini o‘tkazildi.
Yig‘inda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Qozog‘iston, Ozarbayjon, Belarus, Qirg‘iziston, O‘zbekiston Respublikalari va Rossiya Federatsiyasidan kelgan 750 nafar o‘g‘il-qizdan iborat jamoalar “Aybin sovg‘asi” intellektual o‘yini, robototexniklar o‘rtasida “Bilimdon askar” sharti, “AK-74” qurolini noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish shartlarida o‘zaro bellashdi.
Bir necha kun davom etgan murosasiz bahslar yakunida “Vatan tayanchi” jamoasi umumjamoa hisobida faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Birinchi o‘rin esa mezbon – Qozog‘iston jamoasiga nasib etdi.
Musobaqaning tantanali yopilish marosimida jamoamizga kubok, medallar va esdalik sovg‘alari topshirildi.
O‘zA
- Qo'shildi: 24.06.2024
- Ko'rishlar: 1474
- Chop etish