"Sinxua" xabar berishicha, XXX Pekin xalqaro kitob ko‘rgazmasida kitob mualliflik huquqlarini eksport qilish bo‘yicha jami 1426 kelishuv deklaratsiyasi ko‘rib chiqildi va unda bolalar kitoblari eksport bitimlari soni bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi.
Besh kun davom etgan kitob yarmarkasida xitoylik noshirlar mualliflik huquqini eksport qilish va boshqa tillarda nashr etish uchun mo‘ljallangan bir qator bolalar rasmli kitoblari va badiiy asarlarini namoyish etdi.
Rasmiy ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, bolalar kitoblari Xitoyning kitob chakana bozorining eng katta qismini tashkil etadi, bu taxminan bozor hajmi bo‘yicha 27 foiz degani.
“Szeli” nashriyot uyi bosh muharriri Bay Bin zamonaviy rus bolalar adabiyotining nufuzli asarlarini chetdan olib kelish va tarjima qilishdan maqsad, Xitoy bolalar adabiyoti asarlariga namuna bo‘lishini ta’kidladi.
Birinchi marta 1986 yilda o‘tkazilgan Pekin xalqaro kitob ko‘rgazmasi dunyodagi eng yirik ko‘rgazmalardan biri sifatida etirof etilgandi.
Bugungi kunda Pekin xalqaro kitob ko‘rgazmasi Xitoyning asosiy xalqaro kitob ko‘rgazmalari va mualliflik huquqi savdo maydonchalaridan biriga aylandi.
O‘zA
- Qo'shildi: 26.06.2024
- Ko'rishlar: 1594
- Chop etish