O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi Farmoni bilan tasdiqlangan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasida belgilangan vazifalarning 2025-yil 9 oyida amalga oshirilishi yuzasidan monitoring natijalariga ko‘ra quyidagilar ma’lum qilinadi:
1. Inson huquqlari bo‘yicha Milliy strategiyani amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning 78 bandidan 69 bandi (88 %) to‘liq bajarildi, 2 band (3 %) nazoratdan yechildi, 7 bandni (9 %) amalga oshirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.
2. 2025-yil 9 oyida Milliy strategiya doirasida 10 ta qonun, 14 ta Prezident farmon va qarorlari hamda 14 ta Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
3. Yo‘l xaritasi”ning 4-bandi ijrosini ta’minlash doirasida 2025-yil o‘tgan davrida davlat organlari xodimlarining inson huquqlari, gender tenglik va qiynoqqa qarshi kurashish sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etildi. Jumladan:
Milliy markaz, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi tomonidan 2025-yil 8-fevral kuni tasdiqlangan reja asosida “Qiynoqqa solishga qarshi kurashish: xalqaro amaliyot va milliy tajriba” mavzusidagi o‘quv kurslarini o‘tkazish belgilandi. Rejaga muvofiq 2025-yilda Jizzax (24–25-fevral), Sirdaryo (26–27-fevral), Navoiy (22–23-may), Toshkent (3-4-iyul) hamda Farg‘ona, Andijon (15-16-sentyabr) viloyatlarida milliy va xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda “Qiynoqqa solishga qarshi kurashish: xalqaro amaliyot va milliy tajriba” mavzusida onlayn va oflayn formatda o‘quv kurslari tashkil etildi. Ushbu o‘quv kurslarida har bir hududdan sudyalar, ichki ishlar, prokuratura tizimidagi tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar va jazoni ijro etish muassasalarining jami 444 nafar xodimlari ishtirok etdi.
Shuningdek, davlat organlari xodimlarining inson huquqlari, gender tenglik va qiynoqqa qarshi kurashish sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha 2025-yil 9 oyida davomida uy-joyga bo‘lgan huquqni ta’minlash sohasida sud amaliyotini takomillashtirish, shu jumladan majburiy ko‘chirish bilan bog‘liq jihatlarga bag‘ishlangan davra suhbati, “Istanbul protokoliga muvofiq qiynoqlar va shafqatsiz muomalalarni sud-tibbiy hujjatlashtirish”mavzusida ikki kunlik trening, “Inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilishning xalqaro standartlari: amaliyot va hisobot” mavzusida to‘rt kunlik o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.
O‘quv tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarini amalga oshirishda bevosita ishtirok etayotgan vazirlik va idoralar vakillari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar mutaxassislaridan iborat 117 nafar tinglovchi ishtirok etdi.
4. “Yo‘l xaritasi”ning 6-bandini amalga oshirish hamda inson huquqlari sohasida ta’lim, axborot tarqatish, huquqiy madaniyatni oshirishda va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining “Inson huquqlari bo‘yicha axborot-kutubxona markazi — «Inson huquqlari uyi» muhim platforma vazifasini bajarmoqda.
Xususan, “Inson huquqlari uyi”da hozirgi kunga qadar jami 27 ta turli mavzulardagi tadbirlar o‘tkazildi. Ushbu tadbirlardan 6 tasi Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan hamda Rossiya olimlari tomonidan yaratilgan monografiyaning taqdimot tadbirlari, 6 tasi kitob taqdim etish marosimi, 4 tasi inson huquqlariga oid o‘quv mashg‘ulotlari, 5 tasi turli mavzularga oid mahorat darslari, uchrashuvlar, davra suhbati va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar shular jumlasidandir.
2025-yil 9 oyi davomida “Inson huquqlari uyi” tomonidan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida nashr etilgan inson huquqlariga oid adabiyotlarni 4 ta axborot-kutubxona markaziga, 2 ta oliy ta’lim muassasasiga hamda turli idora va tashkilotlarga jami 380 nomdagi 1414 nusxa inson huquqlariga oid adabiyot beg‘araz taqdim etildi. Shuningdek, Milliy markaz tomonidan 10 ta konferensiya materiallari to‘plami va xalqaro hujjatlar to‘plamlari chop etildi.
5. “Yo‘l xaritasi”ning 24-bandi ijrosini ta’minlash doirasida BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi, BMT tizimidagi dasturlar, fondlar va ixtisoslashtirilgan muassasalari bilan hamkorlikni mustahkamlash maqsadida jami 5 ta tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirlarning barchasi BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Ushbu tadbirlar 3 ta davra suhbati, 1 ta xalqaro jamoatchilik maslahatlashuvi va 1 ta idoralararo seminar shaklida o‘tkazildi. shaklida o‘tkazildi.
2025-yilda Markaz BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi maxsus ma’ruzachilarning hamda yakka tartibdagi murojaatlar bo‘yicha jami 71 ta hujjat kelib tushdi. Shulardan 60 ta hujjat Maxsus ma’ruzachilar hamda yakka tartibdagi murojaatlarda keltirilgan masalalar yuzasidan vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida Markaz tomonidan javob xati tayyorlanib, maxsus ma’ruzachiga taqdim etildi.
6. O‘zbekistonda inson huquqlari holati, shu jumladan inson huquqlari bo‘yicha xalqaro hujjatlar bajarilishini monitoring qilishda jamoatchilik nazorati rolini oshirish maqsadida davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi. BMTning inson huquqlari bo‘yicha ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalari qarorlarining ijrosini ta’minlash yuzasidan doimiy monitoring amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan:
· 2025-yil 9 oyida Buxoro viloyatidagi hududlarda iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt talablari bajarilishi ustidan monitoring, xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi konvensiya qoidalarining bajarilishi yuzasidan Navoiy va Farg‘ona shaharlari hamda Andijon viloyati Qo‘g‘ontepa shahridagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida keng qamrovli monitoringlar, inson huquqlari sohasidagi ta’lim, xususan, “Inson huquqlari”, “Ayollar huquqlari” va “Bola huquqlari” fanlarini o‘qitish holati bo‘yicha Andijon viloyatidagi davlat oliy ta’lim muassasalarida monitoringlar o‘tkazildi. Monitoringlarning asosiy maqsadi – iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt, xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi konvensiya (CEDAW) talablari bajarilishi ustidan nazoratni mustahkamlashdir.
2025-yil 3-iyul kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan “BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasini O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirish bo‘yicha 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan Milliy harakatlar rejasi” loyihasini ishlab chiqishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi. Tadbir YUNISEFning mamlakatimizdagi vakolatxonasi va O‘zbekiston Nogironlar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Seminarda davlat organlari xodimlari, nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari xamda xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.
Inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarni amalga oshirish doirasida 2025-yil 4-5-sentyabr kunlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining shartnomaviy organlari va alohida holatlar bo‘yicha maxsus tartib-qoidalari tavsiyalarini joriy etish masalalariga bag‘ishlangan ikki kunlik seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbir Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Boshqarmasining Markaziy Osiyo mintaqaviy bo‘linmasi va Xalqaro huquqshunoslar komissiyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
7. Yo‘l xaritasi”ning 71-bandini amalga oshirish doirasida inson huquqlari bo‘yicha xalqaro tashkilotlar va ularning tuzilmalari bilan ikki tomonlama hamda ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, ular bilan hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum va bitimlar tuzish ishlari davom ettirildi.
2025-yil 21–22-iyun kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining 51-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu sessiyada O‘zbekiston vakili 2025–2028-yillarga mo‘ljallangan muddatga IHT Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil doimiy komissiyasiga a’zo etib saylandi.
2025-yil 30-iyul kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida “Zamonaviy dunyoda inson huquqlarini himoya qilish: O‘zbekiston va Rossiya tajribasi” mavzusida huquqiy kollokvium o‘tkazildi. Tadbir Rossiya Federatsiyasi Inson huquqlari bo‘yicha vakili Tatyana Moskalkovaning tashrifi doirasida tashkil etildi. Unda milliy strategiya ijrosi va ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
2025-yil 19-avgust kuni Markaz direktori Akmal Saidov Xitoy inson huquqlarini o‘rganish jamiyatining ijrochi vitse-prezidenti Szyan Szyango bilan uchrashdi. Suhbatda ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
2025-yil 3-sentyabrda A.Saidov va YEXHT Nizolarning oldini olish markazi direktori K.Firon o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar inson huquqlari, qonun ustuvorligi va demokratik institutlarni rivojlantirish sohasida qo‘shma tashabbuslarni kengaytirishga kelishib oldilar.
2025-yil 12-sentyabrda Markazda Markaziy Osiyo mamlakatlari bolalar huquqlari bo‘yicha vakillari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Suhbatda bolalar huquqlarini ta’minlashda xalqaro tavsiyalarni amalga oshirishda davlat va jamoat tashkilotlari faol ishtiroki muhimligi ta’kidlandi.
2025-yil 24-sentyabrda BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Markaziy Osiyo bo‘limi rahbari M. Bogner bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda BMT hujjatlari elektron resurs bazasini yaratish va qo‘shma seminarlar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
2025-yil 2-oktyabrda Toshkentda “MDH yagona mehnat bozorini shakllantirish doirasida migratsiya siyosatini takomillashtirish” mavzusida O‘zbekiston–Rossiya davra suhbati o‘tkazildi. Tadbir Milliy markaz, Tashqi ishlar vazirligi, Migratsiya agentligi hamda Rossiyaning Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kengashi va “Peterburg muloqoti” forumi hamkorligida tashkil etildi.
Ўзбекча
English
Русский