Bugun Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning Maʼmuriy kengashi yig‘ilishida nutq bilan ishtirok etib, Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Parlamentlararo Ittifoqning 150-yubiley Assambleyasiga barchani taklif qildi.
Yig‘ilishda mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, aholi farovonligini yuksaltirish, tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash hamda barqaror rivojlanish yo‘lida demokratik islohotlar amalga oshirilayotgani taʼkidlandi.
So‘nggi yillarda Oliy Majlisning xorijiy mamlakatlar parlamentlari bilan aloqalari mustahkamlanib, Parlamentlararo ittifoq faoliyatidagi ishtiroki jadallashgani alohida qayd etildi.
Vatanimizning boy tarixi, madaniy merosi, zamonaviy taraqqiyoti haqidagi maʼruza va videorolik ishtirokchilar tomonidan olqishlar bilan qarshi olindi.
Kengash aʼzolari va xalqaro hamkorlar tomonidan Assambleyani yurtimizda o‘tkazish tashabbusi uchun minnatdorlik bildirildi. Ular O‘zbekistonga tashrif buyurishni katta qiziqish bilan qabul qildilar.
O'zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senati
- Qo'shildi: 18.10.2024
- Ko'rishlar: 659
- Chop etish