2020 yildagi Davlat dasturi ijrosi: Hukumat tomonidan bu borada nima ishlar qilingan?

5 fevral kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o'n ikkinchi yalpi majlisi o'z ishini boshladi. Videokonferentsaloqa tarzida o'tkazilayotgan yalpi majlisni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbaeva olib bormoqda.

Kun tartibidagi masalalar qatorida, jumladan, 2017–2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 2020 yildagi ijrosi bo'yicha Vazirlar Mahkamasining hisoboti eshitildi. Mazkur masala yuzasidan Oliy Majlis Senatining tegishli qarori qabul qilindi, deb xabar berdi senat.uz sayti.

Yalpi majlisda ta'kidlanganidek, Davlat dasturi doirasida qabul qilingan jami hujjatlar soni 170 tani tashkil etadi. Shundan:

davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo'nalishlari bo'yicha – 20 ta;

qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo'nalishida – 13 ta;

iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishida – 63 ta;

ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo'nalishida – 53 ta;

xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash hamda chuqur o'ylangan, o'zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo'nalishida 21 ta hujjat qabul qilingan.

Hisobot davrida yalpi ichki mahsulotning o'sishi o'tgan yilga nisbatan 101,6 foizni, shundan, sanoat – 100,7 foizni, xizmatlar – 102,3 foizni, qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligi –103,0 foizni tashkil qilgan.

Savdo va xizmat ko'rsatish ob'ektlari faoliyatining pandemiya sharoitida cheklanishi 2020 yilda savdo aylanmasiga hamda xizmatlar sohasining rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatgan. Jumladan, savdo aylanmasi hajmi 194,8 trln. so'mni tashkil qilib, o'tgan yilga nisbatan 103,2 foizga bajarilgan.

Jami xizmatlar hajmi 218,9 trln. so'mni tashkil etib, o'tgan yilga nisbatan 102,3 foizga o'sgan. Moliya sohasida 25,6 foiz, aloqa va axborotlashtirish sohasida 115,3 foiz, ta'lim sohasida 7,4 foiz ko'rsatilgan xizmatlarda yuqori o'sish qayd etilgan.

Koronavirusga qarshi kurashish bo'yicha tadbirlarni moliyalashtirishga 3 trln. 962 mlrd. so'm, ijtimoiy va infratuzilma ob'ektlarini qurish, rekonstruktsiya qilish va kapital ta'mirlashga 3 trln. 423 mlrd. so'm, korxonalarni moliyaviy ko'llab-quvvatlashga 2 trln. 485 mlrd. so'm, aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlashni kengaytirishga 1 trln. 340 mlrd. so'm, sog'liqni saqlash ob'ektlarini qurish va zarur infratuzilmani yaratishga 1 trln. 22 mlrd. so'm, mahalliy byudjetlar va pensiya jamg'armasi yo'qotishlarini qoplashga 595 mlrd. so'm miqdorida mablag'lar sarflangan.

Hisobot davrida xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobidan 9,8 mlrd. AQSH dollari miqdorida mablag'lar o'zlashtirilgan.

2020 yilda 197 ta yirik loyiha ishga tushirilgan. Natijada jami 38 mingdan ortiq yangi ish o'rinlari yaratilgan.

Shu bilan birga, Davlat dasturining 58 ta bandi ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjat loyihalari mas'ul idoralar tomonidan ko'rib chiqilmoqda. Shuningdek, 20 ta bandning ijro muddati uzaytirilgan.

Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Powered by GSpeech