“Globus” loyihasida shotlandiyalik mutaxassis, Oksford universiteti qoshidagi Martin maktabi katta ilmiy xodimi, “Bizning dunyo” jurnali ma’lumotlar bo‘yicha muharriri o‘rinbosari Xanna Ritchining “Avstraliyada 16 yoshdan kichiklar uchun ijtimoiy tarmoq taqiqlanishi rejalashtirilyapti” maqolasi taqdim etiladi.
Avstraliya hukumati 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarni ijtimoiy tarmoqdan foydalanishini taqiqlovchi, “dunyodagi ilk” qonunni joriy etmoqchi. Bosh vazir Entoni Albaneze parlamentga ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan qonun loyihasi ijtimoiy tarmoqning bolalarga yetkazayotgan zararini yumshatishga qaratilganini aytdi.
– Bu onalar va otalar uchun, – dedi yashil qit’a yetakchisi. – Ular xuddi men kabi bolalarimizga nisbatan internet xavfidan xavotirda. Oilalarga qarata “Sizning ortingizda hukumat borligini bilishingizni istardim” demoqchiman.
Hujjat tafsiloti hali muhokama qilinmagan bo‘lsa-da, hukumat taqiq yoshlarga nisbatan qo‘llanishini bildirdi. Ota-onasi rozi bo‘lgan taqdirda ham yosh chegarasi bo‘yicha hech qanday imtiyoz ko‘zda tutilmaydi. Ta’kidlanishicha, ijtimoiy media platformalarga kirishning oldini olish uchun zarur choralar ko‘riladi. Qonun qabul qilingan kundan 12 oy o‘tgach kuchga kiradi.
Aksariyat ekspertlar ijtimoiy media platformalar o‘smirlar ruhiyatiga zarar yetkazishi mumkinligini tan olsa-da, taqiq yoshlarning tarmoqdagi ilovalar bilan tanishish imkoniyatini cheklashini ro‘kach qilmoqda.
Shunga o‘xshash cheklov joriy qilishga urinish avval ham kuzatilgan. Masalan, Yevropa Ittifoqi tomonidan ilgari surilgan bir tashabbus texnologiya firmalari noroziligi tufayli muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Bu gal esa yoshni tekshirish talabini chetlab o‘tadigan vositalar topilsa, dastur qanday ishlashi haqida savollar tug‘ilmoqda.
Avstraliyaning bola huquqi bo‘yicha eng yirik advokatlik guruhlaridan biri taklif qilingan loyihani “juda to‘mtoq vosita” sifatida tanqid qildi.
Oktyabr oyida hukumatga yuborilgan, 100 dan ziyod akademik, 20 ga yaqin fuqarolik jamiyati tashkiloti imzolagan ochiq xatda tegishli ishchi guruh rahbariyatni ijtimoiy media platformalarda “xavfsizlik standarti” yaratish masalasini ko‘rib chiqishga chaqirgan. Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining onlayn makonlarni tartibga solishga qaratilgan “milliy siyosat” bolalarga raqamli muhit bilan aloqa qilishdan foyda olish imkonini berishi, xususan internetdan xavfsiz foydalanishni ta’minlashga qaratilgan bo‘lishi kerakligi haqidagi maslahatiga ham ishora qilgan.
Boshqa ba’zi ommaviy targ‘ibotchilar esa turli taqiqlar bolalarni zararli kontent, noto‘g‘ri ma’lumot, zo‘ravonlik kabi ijtimoiy bosimdan himoya qilish uchun zarurligini ta’kidlamoqda.
Xullas, 125 000 dan ziyod imzo bilan tasdiqlangan 36 oylik tashabbusli petitsiyada bolalar kamida 16 yoshga to‘lgunga qadar “onlayn ijtimoiy tarmoqda xavfsiz harakatlanishga hali tayyor emas” va hozir “ijtimoiy tarmoqdan haddan tashqari foydalanish yosh miyani psixologik muammolar tanqidiy oynasida qayta ishlamoqda” degan fikr ilgari surilgan.
Muharrama Pirmatova tayyorladi. O‘zA
- Qo'shildi: 14.11.2024
- Ko'rishlar: 269
- Chop etish