I. Andersen vaqti tig‘iz bo‘lsa-da, Oʻzbekiston pavilyoniga qiziqishi yuqori bo‘lganligi uchun atayin tashrif buyurganini va respublikaga tashrifini katta taassurotlar bilan yodga olishini taʼkidladi.
Tashrif davomida BMT Bosh kotibi o‘rinbosari O‘zbekistonga UNEP va uning tuzilmalari bilan hamkorlikni chuqurlashtirish, xususan, UNEPning ekologik konvensiyalarining yuqori darajadagi tadbirlarini faol boshlaganligi, shu jumladan, BMT Konvensiyasining bajarilishini ko'rib chiqish qo'mitasining 21-sessiyasi (UNCCD CRIC21), Yovvoyi hayvonlarning koʻchib yuruvchi turlarini saqlash toʻgʻrisidagi konvensiya ishtirokchilari konferensiyasining 14-yigʻilishi (CMS COP14) va Yo'qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi to'g'risidagi konvensiya ishtirokchilari konferensiyasining 20-yig'ilishi (CITES COP20) uchun minnatdorlik bildirdi.
I. Andersen, shuningdek, COP29 koʻrgazmasidagi Oʻzbekiston pavilyoni mamlakatning barqaror rivojlanish masalalarini hal etishga har tomonlama yondashuvini namoyish etganini aytib o'tdi. Qolaversa, pavilyon ekspozitsiyasi o‘zining mazmun-mohiyati va respublikaning boy tabiiy va madaniy merosini aks ettirishi bilan boshqa mamlakatlar uchun ilhomlantiruvchi namuna yaratishini ta’kidladi.
UNEP rahbari 2025-yil 24-noyabrdan 5-dekabrgacha O'zbekistonning Samarqand shahrida boʻlib oʻtadigan yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi toʻgʻrisidagi konvensiya (CITES COP20) ishtirokchilarining 20-konferensiyasiga taklif qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
- Qo'shildi: 20.11.2024
- Ko'rishlar: 226
- Chop etish