Yer yuzida jami 735 million kishi to‘yib ovqatlanmaslikdan qiynalyapti, millionlab insonlar ocharchilik yoqasida turibdi. Bu haqda BMT Inson huquqi bo‘yicha Oliy komissari Folker Tyurk ijtimoiy tarmoqda yozgan.
– Oziq-ovqat yetarli, lekin ko‘p isrof bo‘lyapti, – deya ta’kidlagan mulozim. – Ta’minotga erishish uchun oziq-ovqatning yetarli miqdori, arzonligi va barqarorligi birinchi o‘ringa qo‘yiladigan tizimga o‘tish zarur.
O‘zA
- Qo'shildi: 22.10.2024
- Ko'rishlar: 484
- Chop etish