AOKAda Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili axborot xizmati rahbari Rushana Aliakbarova ishtirokida o‘tkazilgan brifingda joriy olti oylik faoliyat yuzasidan ma’lumot berildi:
2024-yilning birinchi yarim yilligida Bolalar ombudsmani kotibiyatiga bola huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan bolalar hamda ularning qonuniy vakillari tomonidan jami 471 ta murojaatlar kelib tushgan.
Murojaatlarning 227 tasi yoki 48,2 foizi Bolalar ombudsmani kotibiyati qabulida, shundan Bolalar ombudsmani shaxsiy qabulida 87 ta murojaat qabul qilingan.
Shuningdek, 83 tasi yoki 17,6% pochta, 37 tasi yoki 7,9% Prezidentning Virtual qabulxonasi, 74 tasi yoki 15,7 % elektron pochta hamda 50 tasi yoki 10,6 % Kotibiyat telefoni orqali qabul qilingan.
Shaxsan bolalardan kelib tushgan murojaatlar 26 ta yoki 5,5 % bo‘lib, voyaga yetmagan qiz bolalarning ulushi 17 tani tashkil etgan. 25 ta murojaat (5,3%) jamoaviy yuborilgan.
465 ta murojaat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan, 3 tasi chet el fuqarosi tomonidan, 3 tasi Rossiya Federatsiyasining Bola huquqlari bo‘yicha vakili tomonidan yo‘llangan.
O‘z navbatida, kelib tushgan murojaatlarning 422 tasi Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olingan. 15 tasi tegishliligi bo‘yicha yuborildi.
Nazoratga olingan murojaatlarning:
– 101 tasi yoki 21,4 foizi ijobiy hal etildi;
– 198 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi;
– 123 tasi ko‘rib chiqish jarayonida.
Murojaatlar mazmuniga keladigan bo‘lsak:
• 84 ta bolani zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga oid (shundan voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qilishga oid 20 ta, pedagog xodimning zo‘ravonligiga oid 22 ta, ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxsning zo‘ravonligiga oid 18 ta, yaqin qarindoshlarning zo‘ravonligiga oid 8 ta, tengdoshlarning zo‘ravonligiga oid 5 ta, boshqa shaxslarning zo‘ravonligiga oid 8 ta, himoya orderi taqdim etilishiga oid 3 ta);
• 26 ta bolaning erkinligi va shaxsiy daxlsizlik huquqini ta’minlashga oid (shundan bolaning odam savdosi qurboni bo‘lishiga oid 2 ta, nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishi (erta nikoh)ga oid 4 ta; bolaning sha’ni, qadr-qimmatini hamda shaxsiy hayot daxlsizligini himoya qilishga oid 17 ta);
• 17 ta bolaning individuallikka va uni saqlab qolishga bo‘lgan huquqini ta’minlashga oid;
• 2 ta bolani huquqbuzarlik yoki g‘ayriijtimoiy harakatlar sodir etishga jalb etish;
• 3 ta sudda bola fikrining inobatga olinmasligiga oid;
• 4 ta bolaning himoyaga bo‘lgan huquqini ta’minlashga oid;
• 12 ta bolaning g‘ayriqonuniy ko‘chirilishdan himoyalanish huquqini ta’minlash (shundan chet elda nazoratsiz qoldirilgan yoki qonuniy vakillar hamrohligisiz turgan bolani O‘zbekistonga qaytarish 8 tasi);
• 4 ta bolaning xususiy mulkka bo‘lgan huquqini ta’minlash yuzasidan;
• 3 ta bolaning meros huquqini ta’minlashga oid;
• 23 ta bolani turar joyga bo‘lgan huquqini ta’minlash yuzasidan;
• 4 ta bolaning dam olish va bo‘sh vaqtga bo‘lgan huquqini ta’minlash bo‘yicha;
• 1 ta bolaning qulay va ekologik xavfsiz atrof-muhitga ega bo‘lish huquqini ta’minlashga oid;
• 17 ta bolaning sog‘lig‘ini saqlash huquqini ta’minlash;
• 36 ta bolaning bilim olish huquqini ta’minlash;
• 15 ta pedagog xodimning o‘z kasbiy faoliyatiga sovuqqonlik bilan qarashi;
• 122 ta bolaning oilaviy muhitga bo‘lgan huquqini ta’minlash (shundan bolaning ota-onasi va boshqa qarindoshlari bilan ko‘rishish huquqiga oid 1 ta, alohida yashagan ota(ona)ning bola tarbiyasida ishtirok etishiga oid 18 ta, ota-ona alohida yashaganda bolaning yashash joyini belgilashga oid 36 ta, ota-onadan boshqa shaxslarning bolani o‘z qaramog‘iga olishiga oid 10 ta va boshqalar);
• 25 ta bolalarni tarbiyalayotgan oilaga ijtimoiy yordam ko‘rsatish (shundan kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasini tayinlashga oid 12 ta, nogironligi bo‘lgan bolani davolash xarajatlarini qoplashga oid 4 ta);
• 28 ta aliment olish huquqini ta’minlash;
• 42 ta huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov harakatlarini qonun talabi darajasida amalga oshirilmasligi (shundan ichki ishlar organi faoliyatiga oid 25 ta, prokuratura organi faoliyatiga oid 8 ta);
• 3 ta sud faoliyatida protsessual qonunchilikka rioya qilmaslik;
• 23 ta sud hujjatlari ijrosi samaradorligi;
• 39 ta sud majlisida Bolalar ombudsmani kotibiyati xodimining kuzatuvchi sifatida ishtirok etishi;
• 56 ta davlat organi va boshqa tashkilotlar faoliyatida bola huquqlarining buzilishi masalalariga tegishli bo‘lgan.
Hududlar kesimida murojaatlar tahliliga ko‘ra,
Eng ko‘p murojaatlar Toshkent shahar (170), Toshkent (76) va Qashqadaryo (55) viloyatlaridan kelib tushgan bo‘lsa, eng kam murojaatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi (6), Namangan (9) va Andijon (10) viloyatlaridan kelib tushgan.
Bolalar ombudsmani tomonidan bola huquqlarini buzilishiga oid murojaatlar yuzasidan davlat organlariga 402 ta so‘rov kiritildi, shundan:
– Ijtimoiy himoya milliy agentligiga - 105 ta;
– Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy organiga - 71 ta;
– Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga - 64 ta;
– Bosh prokuratura va uning hududiy organiga - 63 ta;
– Majburiy ijro byurosiga - 31 ta;
– Oliy sud va quyi sudlarga - 28 ta;
– Sog‘liqni saqlash vazirligiga - 13 ta;
– Tashqi ishlar vazirligiga - 8 ta;
Boshqa idoralarga 14 ta.
Ta’kidlash joizki, Bolalar ombudsmani so‘rovi va keyingi kuzatuvi doirasida mutasaddi idoralar tomonidan:
bolalarga nisbatan sodir etilgan zo‘ravonlik holatlari yuzasidan 8 ta ma’muriy hamda 13 jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Jumladan:
Jinoyat kodeksining 110, 119, 112, 118, 135 va 127-moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, aybdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortildi;
Shuningdek, Jinoyat kodeksining 129, 128, 138 hamda 277 moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari amalga oshirilmoqda;
zo‘ravonlikni bartaraf etish yuzasidan 3 nafar bolaga himoya orderi rasmiylashtirildi;
bolaga nisbatan qo‘pol muomalada bo‘lganligi uchun 2 nafar ichki ishlar organlari xodimlariga intizomiy jazo chora qo‘llanildi;
ta’lim muassasalarida 3 nafar pedagog xodim o‘z kasbiy faoliyatiga sovuqqonlik bilan qaraganligi, bolaga jismoniy zo‘ravonlik qilganligi uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi, shundan 2 nafari bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi;
bolaga nisbatan qilgan qo‘pol xatti-harakatlari uchun 10 nafar pedagog xodimga nisbatan intizomiy jazo qo‘llanildi;
ta’lim muassasasida bulling oqibatlarini bartaraf etish maqsadida 1 nafar o‘quvchi onlayn tarzda ta’limga o‘tkazildi, 1 nafar bola boshqa maktabga, 1 nafar o‘quvchi boshqa sinfga ko‘chirildi;
1 ta holat yuzasidan bolaning huquqbuzarligi uchun onaga nisbatan ma’muriy jazo tayinlandi;
4 nafar bola tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, shundan 2 tasi dori-darmon bilan ta’minlandi;
5 nafar bolaga vasiy tayinlanishi ta’minlandi;
27 ta holat yuzasidan hududlardagi “Inson” ijtimoiy markazi tomonidan bolaning ijtimoiy psixologik vaziyati baholandi;
3 nafar bolaga xorijga chiqish biometrik pasporti, 3 nafar bolaga tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma rasmiylashtirildi;
Farzandidan alohida yashaydigan 1 nafar ona, 4 nafar ota bolalari bilan ko‘rishish huquqi ta’minlandi;
3 nafar bola ta’lim muassasasiga qabul qilindi;
2 ta kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa tayinlandi, 1 nafar bolaga ta’lim olish uchun shartnoma pullari to‘lab berildi;
3 nafar qarovsiz qolib ketgan bolalar onasining qaramog‘iga topshirildi;
1 nafar bolaning meros huquqiga oid ulushi bo‘lgan uy-joyga taqiq solindi;
Xorijda ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 6 nafar bola O‘zbekiston Respublikasiga qaytarildi.
Joriy yilning birinchi yarim yilligida ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan xabarlar yuzasidan Bolalar ombudsmani va tegishli organlar bilan hamkorlikda 54 ta holat bo‘yicha o‘rganish olib borilib, huquqiy choralar ko‘rildi.
Rasmiy xabarlar
- Qo'shildi: 07.08.2024
- Ko'rishlar: 1180
- Chop etish