Kecha Prezident Administratsiyasi Axborot siyosati departamenti rahbari K.Allamjonov soha mutasaddilari hamda davlat va nodavlat tele-, radiokanallar, OAV rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Ta’kidlanishicha, uchrashuvda tele- va radiokanallar, umuman OAV va mediatarmoqlar oldidagi dolzarb muammolar, yangi trendlar, matbuotning yaqin kelajakdagi holati, shuningdek, milliy kontent yaratish masalalari muhokama qilingan.
Shu bilan birga, OAV va media tarmoqlarida sensatsion materiallarga o‘chlik, feyk va dezinformatsiyalarning soni ortib borayotganligi tanqid qilinib, media muhitni sog‘lomlashtirish, xususan, sohada qonunchilikni takomillashtirish, jurnalist etikasini tartibga solish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar almashilgan.
Rasmiy xabarlar
- Qo'shildi: 18.07.2024
- Ko'rishlar: 1281
- Chop etish