Ertaga Inson huquqlari bo'yicha Samarqand veb-forumi boshlanadi

12 avgust — Xalqaro yoshlar kunida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan o'tkazilayotgan “Yoshlar—2020: global birdamlik, barqaror rivojlanish va inson huquqlari” deb nomlangan Samarqand forumi ish boshlaydi.

Shu munosabat bilan 11 avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Press-xolida Samarqand veb-forumini tashkil etish yuzasidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Unda Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov, "Yuksalish" umummiliy harakati raisi Bobur Bekmurodov va Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Rahim Hakimov ishtirok etdi.

Inson huquqlari bo'yicha Samarqand xalqaro forumi yoshlarga, O'zbekistonga nima beradi?     

Akademik A.Saidov ushbu savolga javob qaytarar ekan, Samarqand forumidan kutilayotgan beshta muhim natijaga to'xtaldi.

Birinchidan, Samarqand xalqaro forumi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning tashabbuslarini ro'yobga chiqarishda xalqaro darajadagi muhim qadam bo'ladi.

Ikkinchidan, O'zbekistondagi yoshlarga oid davlat siyosatining tendentsiyalari, natijalarini butun dunyo afkor ommasiga ko'rsatish imkoniyati tug'iladi.

Uchinchidan, BMT Yoshlar huquqlari to'g'risidagi konventsiyasi loyihasini maromiga yetkazishda muhim poydevor bo'ladi. Chunki Samarqand forumida Amerika, Osiyo, Afrika, Yevropa va Avstraliya qit'alaridan ishtirokchilar qatnashadi, ular loyihaga o'z munosabatlarini bildiradi.

To'rtinchidan, ushbu tadbir O'zbekistonning xalqaro maydondagi imiji va nufuzini oshirishga xizmat qiladi.

Beshinchidan, O'zbekiston yoshlari birinchi marta xalqaro norma ijodkorligi jarayonida bevosita ishtirok etadi.

Matbuot anjumanida yoshlar huquqlarini himoya qilish masalalari bo'yicha Samarqand forumiga tayyorgarlik ko'rish doirasida amalga oshirilgan ishlar haqida ham atroflicha so'z yuritildi.

Xususan, Samarqand forumi oldidan maxsus veb-sayt ochildi. Ushbu rasmiy saytga tashkilotchilar tomonidan BMTning ishchi tillarida tayyorlangan yoshlar huquqlari, inson huquqlariga oid yigirmadan ortiq hujjat hamda adabiyotlar joylashtirildi.

Yoshlar huquqlari bo'yicha xalqaro konventsiya loyihasi forumning saytida (http://www.asianforum.uz/) va Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazining rasmiy (http://insonhuquqlari.uz/) saytida jamoatchilik muhokamasi uchun e'lon qilindi. Hozirgi vaqtda loyiha yuzasidan ko'plab takliflar kelib tushmoqda.

Shuningdek, Samarqand forumiga bag'ishlab “Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnalining maxsus soni 3 tilda nashr etildi.

 

Ma'lumot uchun: Samarqand  forumi ishtirokchilari uchun tayyorlangan hujjat va adabiyotlar ro'yxati keltirilmoqda:

  1. Новый Узбекистан и права человека. Информация о состоянии соблюдения международных обязательств Республики Узбекистан в области прав человека (available in English, Russian and Uzbek).
  2. Добровольные обязательства Узбекистана в члены Совета по правам человека на 2021-2023гг. (available in English, Russian, French, Spanish, Arabic and Chinese).
  3. Проект международной конвенции о правах молодежи на 4-х языках.
  4. Национальная стратегия Республики Узбекистан по правам человека (available in English, Russian, French, Spanish, Arabic and Chinese).
  5. Позиционный документ Кандидатуры Республики Узбекистан в Совет ООН по правам человека на 2021-2023 годы (available in English and Russian).
  6. Памятная записка Кандидатуры Республики Узбекистан в Совет по правам человека ООН на 2021-2023 гг (available in English and Russian).
  7. Outcome Document of the 6th International seminar of the OIC Independent Permanent Human Rights Commission «Tashkent Declaration on Importance of Promoting and Protecting the Rights of Youth for Building Peaceful Democratic Societies and Sustainable Development» (available in English and Uzbek).
  8. Plan of Action, 4th phase of the World Programme for Human Rights Education (available in English and Russian).
  9. Infographics on the different phases of the World Programme (available in English).
  10. Infographics on human rights education milestones at the UN (available in English).
  11. OHCHR publication on Human Rights Education in the School Systems of Europe, Central Asia and North America: A Compendium of Good Practice (available in English and Russian).
  12. Other OHCHR human rights education publications and Professional Training Series (available in English and Russian).
  13. Youth rights briefer OHCHR (available in English).
  14. Youth Engagement and Sustainable Development Goals (available in English).
  15. Youth and Human Rights Report of the OHCHR (available in English).
  16. World Program of Action on Youth (available in English).
  17. UN Youth Strategy (available in English).
  18. The OIC Youth Strategy (available in English).
  19. OIC-ICYF Youth Action Plan 2019 (available in English).
  20. Lisbon 21 Declaration on Youth Program and Policies (available in English).
  21. Key Challenges of Youth in OIC Countries (available in English).

Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Powered by GSpeech