Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus Jenevada profilaktika kelishuvi loyihasini ishlab chiqayotgan Hukumatlararo muzokara organi (IGNB) yig‘ilishida dunyoda istalgan vaqtda yangi pandemiya boshlanishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda “TASS” yozgan.
– Hozir H5N1 (parranda grippi) avj olishi navbatdagi pandemiya istalgan vaqtda boshlanishi mumkinligidan dalolat, – dedi u. – Vaziyat har dam o‘zgarishi mumkin va kasallik hech nimani kutib o‘tirmaydi.
Joriy yil 11 iyul kuni Jenevada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Gebreyesus so‘nggi payt Kamboja va AQSHda parranda grippi avj olganini qayd etib, barcha mamlakatlarni ushbu ofatga qarshi harakatni kuchaytirishga chaqirgan edi. Shuningdek, u xavf guruhlari, xususan 60 yoshdan oshgan shaxslar va tibbiyot xodimlari yiliga kamida bir marta COVID-19 ga qarshi emlanishi zarurligini ham eslatgan.
O‘zA
- Qo'shildi: 18.07.2024
- Ko'rishlar: 1105
- Chop etish