Germaniya tilshunoslari «bionemis» (Biodeutsch) so‘zini 2024-yilning g‘ayriso‘zi deb baholashdi. Ekspertlarning fikricha, bu atama odamlarni biologik kelib chiqishiga qarab kamsitishga xizmat qiladi.
«Bionemis» so‘zi 2024-yilda odamlarni kelib chiqishiga ko‘ra ajratish uchun keng jamoatchilik mubohasalarida va ijtimoiy tarmoqlarda faol qo‘llanildi», — deyiladi hakamlar hay’ati bayonotida.
Avvaliga hazil tariqasida qo‘llanila boshlagan bu so‘z ekologik toza mahsulotni ifodalovchi «biosertifikat» so‘zidan kelib chiqqan. Ammo u tobora irqchilikni aks ettiruvchi kundalik so‘zga aylanib bordi. Bu atamaning qo‘llanilishi odamlarni toifalarga ajratib yuboradi, deya xulosa berishdi hakamlar.
Yilning yomon so‘zlari ro‘yxatida ikkinchi o‘ringa «istitishni taqiqlash» (Heizungsverbot) qo‘yildi. Lingvistlar iqlim siyosati bo‘yicha debatlarda bu so‘z manipulyasiya xususiyatiga ega bo‘lib, odamlarni chalg‘itishini aytishdi.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yilda Germaniyada migrantlarni o‘z mamlakatlariga qaytib ketishini kamsitish ma’nosida ifodalagan «remigratsiya» (Remigration) eng zararli so‘z deb topilgandi.
Xabar.uz
- Qo'shildi: 13.01.2025
- Ko'rishlar: 307
- Chop etish