Mamlakatda 2024 yilda har to‘rtinchi ayol jismoniy yoki jinsiy zo‘ravonlikka duch kelgan.
Indoneziya hukumati ayollar va bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sababli mamlakatda favqulodda holat e’lon qildi. Bu haqda ayollar huquqlarini kengaytirish va bolalarni himoya qilish vaziri Arifa Fauzi ma’lum qildi.
“Ushbu masalada muvofiqlik va o‘zaro hamkorlik zarur, chunki muammoni yolg‘iz hal qila olmaymiz. Vakolatlarimiz va budjetimiz cheklangan. Ammo umumiy tushuncha va muammoni birgalikda hal qilish istagi bor bo‘lsa, buni uddalashimiz mumkin”, — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirdi Indoneziyaning Antara agentligi.
Indoneziyada ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik muammolarini hal etish eng muhim vazifa hisoblanadi, chunki ayollar mamlakat aholisining deyarli yarmi — 49,42 foizini, bolalar esa 31,6 foizini tashkil etadi.
Mamlakatda xotin-qizlarni himoya qilish bo‘yicha uchta dastur ishga tushirilgan.
2024 yilgi Ayollar hayotiy tajribasi milliy tadqiqoti natijalariga ko‘ra, Indoneziyada har to‘rtinchi ayol umri davomida turmush o‘rtog‘i va/yoki boshqa shaxslar tomonidan jismoniy yoki jinsiy zo‘ravonlikka duchor bo‘lgan.
Kun.uz
- Qo'shildi: 19.12.2024
- Ko'rishlar: 160
- Chop etish