O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Inson a’zolari va (yoki) to‘qimalarini transplantatsiya qilishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
Unga muvofiq:
Inson a’zolari va (yoki) to‘qimalarini transplantatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
Transplantatsiya ob’ektlari bo‘lishi mumkin bo‘lgan tirik donordan yoki inson murdasidan olinadigan inson a’zolari va (yoki) to‘qimalari ro‘yxati;
Inson a’zolari va (yoki) to‘qimalarini oladigan hamda transplantatsiya qiladigan davlat sog‘liqni saqlash tizimining tibbiyot muassasalari ro‘yxati;
Inson a’zolari va (yoki) to‘qimalarini O‘zbekiston Respublikasi hududida tashish, ularni saqlash, O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
2024-2025 yillarda davlat tibbiyot oliy ta’lim muassasalari klinikalarida zamonaviy molekulyar-genetik va immuno-gistokimyo laboratoriyalari tashkil etiladi, shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi tasdiqlagan jihozlash standartlariga asosan davlat tibbiyot oliy ta’lim muassasalari klinikalarining transplantatsiya bo‘limlari tashkil etiladi va tegishli jihozlash bilan ta’minlanadi.
Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan transplantatsiya yo‘nalishida faoliyat yurituvchi 80 nafargacha mutaxassis 2024 yilda va tasdidlangan reja-jadvalga muvofiq 2025-2027 yillar davomida dar yili 100 nafargacha mutaxassis nufuzli xorijiy tibbiyot muassasalari va markazlariga malaka oshirish uchun yuboriladi.
2024 yil 1 dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Bosh prokuratura, Oliy sud, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa manfaatdor tashkilotlar xulosalari asosida hamda xalqaro tajribani puxta o‘rgangan holda:
akkreditatsiyadan o‘tgan nodavlat tibbiyot tashkilotlariga ham inson a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini olish hamda ularning transplantatsiyasini amalga oshirishga ruxsat beriladi.
O‘zA
- Qo'shildi: 08.07.2024
- Ko'rishlar: 1354
- Chop etish