Birlashgan Millatlar Tashkiloti Jahon meteorologiya tashkiloti (JMT) veb-saytida e’lon qilingan hisobotga ko‘ra, kelgusi besh yil ichida global harorat sanoatdan oldingi ko‘rsatkichdan vaqtincha 1,5 darajaga oshib ketishi kutilyapti.
80 foizni tashkil qiladigan bu ehtimoliy miqdor insoniyat sayyoramizdagi iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Parij kelishuvida belgilangan maqsadga tobora yaqinlashayotganidan ogohlantiradi. Shu bois harorat besh yilda emas, balki o‘nlab yillar davomida, uzoqroq muddatda oshishiga erishish lozim.
Taxminlar 2024-2028 yillar oralig‘ida o‘rtacha global harorat 1850-1900 yillardagidan 1,1-1,9 daraja yuqori bo‘lishini ko‘rsatmoqda. Hozircha 2023 yil rekord darajadagi eng issiq mavsum sifatida qayd etilgan.
Iqlim bo‘yicha Parij kelishuvi 2015 yil dekabrda Fransiya poytaxtida bo‘lib o‘tgan Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyaning 21-konferensiyasi yakuni bo‘yicha qabul qilingan. Hujjatni 175 davlat imzolagan. JMT ma’lumoti kelgusi besh yilda global harorat rekord darajaga yetishi mumkinligi keltirilgan. Bunga antropogen omil, ya’ni issiqxona gazi va tabiiy omil – okean oqimi davrining La-Ninyodan Al-Ninyogacha o‘zgarishi sabab bo‘ladi. Ayni hodisa nafaqat sayyoramizdagi o‘rtacha haroratga, balki yog‘ingarchilik tartibiga ham ta’sir qiladi. 2023 yil yozda boshlangan oqim fazasi o‘zgarishining o‘ziga xos xususiyati shundaki, La-Ninyo payti issiqlik atmosferadan okeanga intensiv ravishda tushadi, Al-Ninyo davrida esa oqim okeandan atmosferaga ko‘chadi.
S.Rahimov,
O‘zA
- Qo'shildi: 11.07.2024
- Ko'rishlar: 1409
- Chop etish