Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudi tomonidan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida “Inson huquqlari” va “Kiberjinoyatchilikka qarshi kurash” mavzularida davra suhbati o‘tkazildi

Unda universitetdagi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor M. Atamuratov, IIB kiberxavfsizlik markazi mas’ul xodimlari, universitet profilaktika inspektorlari, dekan muovinlari, tyutorlar hamda 120 nafar talaba yoshlar ishtirok etishdi.

Uchrashuvda so‘zga chiqqqan prorektor “Xalqimizda taqillatilgan eshik ochilmay qolmas”, degan naql bor. Nimanidir talab qilsangiz, u yetib boradi. Biz inson huquqlari sohasidagi ta’lim masalasini juda ko‘p marta gapirdik, “nega O‘zbekistonda inson huquqlari universitetlari yo‘q, hatto rivojlangan mamlakatlarda o‘rta maktab darsliklarida ham bor, bizda nega bunday?”, degan katta chiqishlar qildik. Nihoyat 7 fevralda Prezidentning inson huquqlari sohasida fundamental ta’limni tashkil qilish bo‘yicha qarori chiqdi, - deya qaror bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar yo‘nalish olib borib, bu narsa O‘zbekistonda joriy etilishi va bu judayam muhimligi haqida gapirib o‘tdi.

— Biz inson huquqlari bilan shug‘ullanar ekanmiz, birinchi navbatda tadqiqotlarimiz bo‘lishi kerak. Aytaylik, Ombudsman, Milliy markaz – ularning yillik hisobotlari bo‘lishi va ularda real vaziyat aks etishi kerak. Balandparvoz gaplarni aytib yurish mumkin, lekin asl haqiqatni hayotning o‘zi ko‘rsatib qo‘yadi. Diniy erkinlik, so‘z erkinligi bilan bog‘liq masalalar bor. Bularning hammasi o‘sha hisobotlarda aks etishi lozim, — dedi jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudining sudyasi Xurshid Sodiqov.

IIB kiberxavfsizlik markazi mas’ul xodimi ham yig‘ilganlarga asrimizning global muammolari qatoriga yangidan-yangi kiberjinoyatchilik kirib kelganiga ham ancha bo‘lganligi, uning bizga ma’lum bo‘lgan virusli dasturlarni tarqatish, parollarni buzib kirish, kredit karta va boshqa bank rekvizitlaridagi mablag‘larni o‘zlashtirish talon-toroj qilish, shuningdek, internet orqali qonunga zid axborotlar, xususan, bo‘xton, ma’naviy buzuq ma’lumotlarni tarqatish bilan bashariyat hayotiga katta xavf solayotganiligi haqida ogohlantirdi.

Tadbir so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga soha mutaxasislaridan atroflicha javoblar olishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining rasmiy Telegram-kanali

 

Powered by GSpeech